Jahon

Pekinda metrolar yopildi

Koronavirus sabab poytaxtda karantin kuchaytirilgan.

Pekinda metrolar yopildi


Xitoy poytaxti Pekinda qirqqa yaqin metro bekati ishlamayapti. Bu umumiy stansiyalar sonining qariyb 10 foizini tashkil etadi. Bu qaror koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilingan. 


Shaharda restoran va barlarga faqat olib ketish xizmati uchun ruxsat berilgan. Sport inshootlari yopilgan, maktablarda 29-apreldan boshlab darslar bekor qilingan. Ushbu cheklovlarning amal qilish muddati haqida aniq ma’lumot yo‘q.


Istirohat va hayvonot bog‘lari tashrif buyuruvchilarni qabul qilishni cheklab qo‘ydi. Ko‘rgazmalar butunlay yopilgan. 
Koronavirus aniqlangan hudud aholisiga shaharni tark etish taqiqlanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"