Sport

O‘zbekiston iftixorlari taqdirlandi

Miliy Olimpiya qo‘mitasining 30 yilligi nishonlandi.

O‘zbekiston iftixorlari taqdirlandi

 

Kuni kecha “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va ko‘plab xalqaro sport tashkilotlari, faxriy sportchilar hamda Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari ishtirok etdi.

 

Tadbirda dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov yurtboshimizning O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va mamlakatimizdagi Olimpiya harakati aʼzolariga yo‘llagan Murojaatnomasini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng turli nominatsiyalarda g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

 

Quyida barcha taqdirlangan sportchilar bilan tanishishingiz mumkin:

 

—“Olimpiadalarda eng ko‘p medal keltirgan federatsiya” – O‘zbekiston boks federatsiyasi;

 

—“Olimpiya rekordchilarini tarbiyalagan federatsiya” – O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi;

 

 —“Olimpiya o‘yinlarida eng ko‘p medalga ega chiqqan sportchi” – Rishod Sobirov;

 

—“30 yillikning eng sovrindor murabbiyi” – Marat Qurbonov;

 

—“30 yillikda uzluksiz medallarni qo‘lga kiritgan assotsiatsiya” – O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi;

 

—“O‘zbek sportini dunyoga targ‘ib qilishdagi xizmatlari uchun” – Ravshan Irmatov;

 

—“30 yillikning Eng shonli terma jamoasi” – futbol bo‘yicha 1994 yilgi O‘zbekiston milliy terma jamoasi;

 

—“Yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi birinchi medal” – Armen Bagdasarov;

 

—“O‘zbekistonning eng yosh Olimpiya o‘yinlari chempioni” – Ulug‘bek Rashitov.

 

Kechaning eng qiziqarli nominatsiyalaridan 10 yilliklar kesimida O‘zbekistonning eng yaxshi sportchilari eʼlon qilindi. Mukofotlarni OOK bosh direktori, Xalqaro suzish federatsiyasi (FINA) prezidenti Husayn Al Musallam hamda OOK vitse-prezidenti Otabek Umarov topshirdi.

 

G‘oliblar:

 

1.Mirjalol Qosimov (1991-2001)

 

2.Abdullo Tangriyev (2001-2011)

 

3.Oksana Chusovitina (2011-2021).

 

Jamshidbek Amirov

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"