O'zbekiston

Rejissyor Elyor Eshmuhamedovning 80 yilligi yubileyi nishonlandi

Yubiley davomida Kinematografiya agetligi tomonidan “Belarusfilm” kinostudiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiralayotgan ishlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Rejissyor Elyor Eshmuhamedovning 80 yilligi yubileyi nishonlandi

 

Kinochilar uyida O‘zbekiston kinoijodkorlari tomonidan “Belarusfilm” kinostudiyasi bilan hamkorlikda ko-produksiya formatida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti hamda kinorejissyor Elyor Eshmuhamedov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Leonid Marinich, Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, “Belarusfilm” kinostudiyasi direktori Vladimir Karachevskiy, kinoijodkorlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

 

 

Ikki mamlakat kinoijodkorlarining so‘nggi uch yildagi hamkorlik yakunlari sarhisob qilindi. Ushbu davrda “Belarusfilm” kinostudiyasi ko‘magida Xilol Nasimovning “Meros”, Jahongir Ahmedovning “Ilhaq”, Ibrohim Rasulovning “Muxabbat baxori” filmlari suratga olingan.

 

Uchrashuvda tomonlar joriy loyihalarni ham taqdim etishdi.

 

O‘tgan yili Minskda bo‘lib o‘tgan “Listapad” festivalida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi rahbariyati va “Belarusfilm” kinostudiyasi o‘rtasida yangi loyiha – “Osiyo arsloni” filmini ishga tushirish bo‘yicha memorandum imzolangan edi. Film Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, urushda razvedkachi-partizan sifatida ishtirok etgan Sovet Ittifoqi Qahramoni Mamadali Topvoldiyev (partizanlar uni “Kazbek” deb atashgan) haqida hikoya qiladi. Film “Men terrorchi emasman” filmi bilan tanilgan yosh rejissyor Muhammadali Iskandarov tomonidan suratga olinadi.

 

Taqdimot  davomida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan “Belarusfilm” ko‘magida ishlab chiqarilayotgan “Uzbechka” filmini suratga olish jarayoni muhokama qilindi. Film o‘zbek mergan qizi, afsonaviy Zebo G‘aniyevaning obrazi asosida yaratilmoqda. Qahramon timsolida Ikkinchi jahon urushi frontlarida qatnashgan O‘zbekiston ayollarining jasorati va matonati mujassamlangan.

 

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan loyihalar bo‘yicha memorandumlar imzolandi.

 

– Buyuk ijodkorlarimiz Elyor Eshmuhamedov va Odelsha Agishevga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahrida VGIK filialini ochish haqidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Quvonarlisi, sizlar hozirgi vaqtda Toshkentda yoshlarimizga o‘z bilimingizni berib kelmoqdasiz. Ishonchimiz komilki, shogirdlaringiz “Oshiqlar” kabi kino sanʼati durdonalarini yaratishga muvaffaq bo‘lishadi, – dedi agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

 

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

custom img

Maktablarga talab oshadi: joriy yilda 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi

Barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"