O'zbekiston

Shimoliy Koreya uchta ballistik raketa uchirdi

Taxmin qilinishicha, Pxenyan yadro sinovini o‘tkazishga tayyorlanmoqda.

Shimoliy Koreya uchta ballistik raketa uchirdi

 

Shimoliy Koreya uchta ballistik raketa uchirdi. Parvozlarning maksimal balandligi taxminan 100 km bo‘lgan. Bu haqda Yaponiya mudofaa vaziri Nobuo Kishi ma’lum qildi.

 

“Shimoliy Koreya sharqiy yo‘nalishda uchta ballistik raketani uchirdi. Ular taxminan 350 km masofani bosib o‘tgan va Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga tushgan”, — dedi vazir.


Uning ta’kidlashicha, KXDRning bunday harakatlari Yaponiya va butun xalqaro hamjamiyat tinchligi va xavfsizligiga tahdid soladi.


“Shu munosabat bilan biz Pekindagi elchixona orqali norozilik bildirdik”, — deya qo‘shimcha qilgan u.


Eslatib o‘tamiz, yil boshidan beri Pxenyan o‘ndan ortiq raketa sinovlarini o‘tkazdi. Shuningdek, Shimoliy Koreyada so‘nggi besh yil ichida ilk bor yadro sinovini o‘tkazishga hozirlik ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.