O'zbekiston

Prezidentga hokim haydovchisi va maktab “zamdirektor”i usta-hunarmand deb tanishtirildi

Farg‘ona viloyat hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan shov-shuvli xabarlarga munosabat bildirdi.

Prezidentga hokim haydovchisi va maktab “zamdirektor”i usta-hunarmand deb tanishtirildi

 

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida unga usta-hunarmand shogird sifatida tanishtirilganlar hokim yordamchisi va maktab direktori o‘rinbosari bo‘lib chiqdi.

 

Ijtimoiy tarmoqlar davlat rahbarining Furqat tumanidagi “Usta Yusufjon naqqosh” oilaviy korxonasida bo‘lganida olingan suratda prezidentning orqasida turgan o‘ymakor shogird libosidagi odam tuman hokimining haydovchisi hamda prezident bilan muloqot qilgan yana bir usta tumandagi 21-maktab direktori o‘rinbosari ekani haqida xabarlar tarqaldi.

Farg‘ona viloyati hokimligi mazkur xabarlar bilan to‘ldi.

 

Haqiqatdan ham suratdagi shaxsning Furqat tuman hokimining haydovchisi Ilhom Ahmadjonov ekani, shuningdek, u O‘zbekiston xalq ustasi Muhammadali Yunusovning shogirdlaridan biri bo‘lganligi maʼlum bo‘ldi. Hokim haydovchisi “Usta Yusufjon naqqosh” oilaviy korxonasida shogird sifatida faoliyat olib borgan.

 

 

“Ilhom Ahmadjonov avvaldan o‘zida o‘ymakorlikka, duradgorlikka qiziqish borligi sabab, tumanga kelgach “Usta Yusufjon naqqosh” oilaviy korxonasida milliy yog‘och o‘ymakorligi sanʼati o‘rganish imkoniyati mavjudligidan foydalanib, shogird sifatida hunar sirlarini o‘rgana boshlagan. Kechagi tashrifda ham korxonada doimiy faoliyat olib borayotgan ustalardan tashqari Hunarmandlar maktabining qator o‘rganuvchilari ham bo‘lishganini eʼtiborga olganda, Ilhom Ahmadjonovning ham ular qatorida u yerda bo‘lishi tabiiy holatdir”, - deyiladi xabarda.

 

Davlat rahbari bilan muloqot qilgan Ilhomjon Sulaymonov, faoliyati davomida maktabda mehnat fanidan o‘qituvchi bo‘lgani, o‘quvchilarga duradgorlik va o‘ymakorlik bo‘yicha saboq berganini aytib o‘tgan.

U hozirda tumandagi 21-maktabda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha 0,75 stavkada direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab keladi. Uzoq yillardan beri amaliy o‘ymakorlik bilan shug‘ullangan “zamdirektor” “Usta Yusufjon naqqosh” oilaviy korxonasida tushdan keyin shogirdlariga hunarmandlik sirlarini o‘rgatadi.

Yomg‘ir ortidan iliq kunlar: O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

Yomg‘ir ortidan iliq kunlar: O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

Dam olish kunlari O‘zbekistonda asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi.

Markaziy Osiyoda birinchi: Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari reytingidan o'rin oldi

Markaziy Osiyoda birinchi: Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari reytingidan o'rin oldi

O'zbekiston rahbari reytingda 40-o‘rinni egalladi va bu Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi eng yuqori natija bo‘ldi.

Har ming kishidan 120 nafari: O‘zbekistonda oliy ma’lumotlilar ulushi ma’lum bo‘ldi

Har ming kishidan 120 nafari: O‘zbekistonda oliy ma’lumotlilar ulushi ma’lum bo‘ldi

15 yoshdan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega.

7 ming dollarga 10 250 soxta dollar: Toshkentda qalbaki pul savdosi fosh etildi

7 ming dollarga 10 250 soxta dollar: Toshkentda qalbaki pul savdosi fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegram’dagi radikal guruh fosh etildi: 13 kishi uning a’zosi bo‘lgan

Telegram’dagi radikal guruh fosh etildi: 13 kishi uning a’zosi bo‘lgan

Guruhda “jihod” va “shahidlik”ka chorlovchi materiallar tarqatilgan.

QR-kodsiz avtomobil berilmaydi: Evakuatorga yuklangan mashinani qaytarib olish qiyinlashadi

QR-kodsiz avtomobil berilmaydi: Evakuatorga yuklangan mashinani qaytarib olish qiyinlashadi

Toshkentda avtomobillarni evakuatsiya qilish va jarima maydonlarida saqlash tartibi o‘zgaradi.

Ekopolitsiya reydida mojaro: brakonyerlar ekopolitsiya xodimiga tan jarohati yetkazdi

Ekopolitsiya reydida mojaro: brakonyerlar ekopolitsiya xodimiga tan jarohati yetkazdi

Buxoroda muhofaza etiladigan hududda quyonni noqonuniy ovlagan besh fuqaro aniqlandi.

Ichkaridan tuzilgan reja barbod bo‘ldi: Toshkentda o‘quv markazini tunamoqchi bo‘lgan uch kishi ushlandi

Ichkaridan tuzilgan reja barbod bo‘ldi: Toshkentda o‘quv markazini tunamoqchi bo‘lgan uch kishi ushlandi

Sobiq qo‘riqchi ikki sherigi bilan avval ishlagan o‘quv markaziga bosqinchilik qilishni rejalashtirgan.