Jahon

Minglab odamlar uyiga qaytishi mumkin: Rossiya va Ukraina mahbus almashinuvini tayyorlamoqda

Bu urush boshlanganidan beri eng yirik mahbus almashinuvi bo'lishi mumkinligi ta'kidlandi.

Minglab odamlar uyiga qaytishi mumkin: Rossiya va Ukraina mahbus almashinuvini tayyorlamoqda

 

AQSh prezidentining maxsus elchisi Jared Kushner Rossiya va Ukraina o‘rtasida harbiy mojaro boshlanganidan buyon eng yirik mahbus almashinuviga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bu jarayon minglab odamlarning o‘z oilalariga qaytishiga imkon berishi mumkin.

 

“Umid qilamizki, ikkala tomon ham ushbu muhim qadamni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan xayrixohlik va jiddiy niyatlarni namoyish etadi”, deb yozgan Kushner X ijtimoiy tarmog‘ida.

 

Ushbu bayonot Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi bir necha kunlik muzokaralardan so‘ng yangragan. Muloqotlarda AQSh nomidan Jared Kushner va maxsus elchi Stiv Uitkoff ishtirok etgan. 12-noyabr kuni ular Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Kremlda uchrashgan. Shuningdek, amerikalik vakillar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ham muzokaralar o‘tkazgan.

 

Kushnerning ta’kidlashicha, tomonlar o‘rtasida sezilarli kelishmovchiliklar saqlanib qolayotgan bo‘lsa-da, muzokaralarda muayyan yutuqlarga erishilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlarning xavotirlarini tushunish, ehtimoliy yechimlarni aniqlash va keyingi qadamlarni belgilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

 

12-noyabr kuni Kremlda bo‘lib o‘tgan Putin, Uitkoff va Kushner uchrashuvi ikki soatdan ortiq davom etgan. Rossiya prezidenti amerikalik vakillardan AQSh prezidenti Donald Trampga Moskva va Kiyev o‘rtasidagi aloqalarni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashayotgani uchun minnatdorlik bildirishni so‘ragan. Shuningdek, Putin Ukrainadagi ayrim gumanitar masalalarda natijalarga erishilganini qayd etgan.

 

Hozircha mahbus almashinuvining aniq sanasi, ishtirokchilar soni va boshqa tafsilotlari ochiqlanmagan.

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

Hozirda erkak deportatsiya jarayonini kutib, ICE hibsxonasida saqlanmoqda.

Japarovga yangi raqib: prezidentlik poygasiga yagona ayol nomzod qo‘shildi

Japarovga yangi raqib: prezidentlik poygasiga yagona ayol nomzod qo‘shildi

Qirg‘izistonda prezidentlik lavozimiga da’vogarlar soni 11 nafarga yetdi.

Turkiyada vertolyot qulab tushdi: to‘rt harbiy halok bo‘ldi

Turkiyada vertolyot qulab tushdi: to‘rt harbiy halok bo‘ldi

Hozirda harbiy vertolyotning qulash sabablari o‘rganilmoqda.

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

To‘qnashuvdan so‘ng boshlangan yong‘in boshqa transport vositalariga ham tarqalgan.

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

BMT esa kuchli yomg‘irlar tufayli boshpanasiz qolgan aholi uchun G‘azoga zudlik bilan chodirlar yetkazishga chaqirdi.

Ukraina bo‘yicha muzokaralarda yangi bosqich: Stubb uchrashuv muddatini ma’lum qildi

Ukraina bo‘yicha muzokaralarda yangi bosqich: Stubb uchrashuv muddatini ma’lum qildi

Finlyandiya prezidenti AQSh, Rossiya, Ukraina va Yevropa vakillari ishtirokidagi uchrashuv bir-ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.

6000 dan ortiq maktabda vahima: Italiyada ommaviy bomba tahdidlari tekshirilmoqda

6000 dan ortiq maktabda vahima: Italiyada ommaviy bomba tahdidlari tekshirilmoqda

Mmalakatdagi maktablarga bomba qo‘yilgani haqida anonim xatlar yuborildi.

Xalqaro qidiruv va Gruziyadagi hibs: o‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruv va Gruziyadagi hibs: o‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi

U uyushgan jinoiy guruhda ishtirok etish va qo‘shmachilikda gumonlanmoqda.