O'zbekiston

Samarqandlik yigit o‘z otasini pichoqlab o‘ldirdi

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi fuqaro ruhiy nosog‘lom bo‘lgan.

Samarqandlik yigit o‘z otasini pichoqlab o‘ldirdi

 

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida o‘z otasini o‘ldirgan yigit ushlandi. Bu haqda “Markaziy studiya” informasion dasturida xabar berildi.

 

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi fuqaro ruhiy sog‘lom bo‘lmagan, vaqti-vaqti bilan davolanib yurgan. Otasi esa unga ruhiy kasalligi sabab shifoxonada davolanishi kerakligini aytgan va shifokor olib kelgan. Shu sabab o‘rtada tortishuv yuzaga kelgan.

 

O‘g‘il “meni jinnixonaga yotqizmoqchisiz” deb, oshxona pichog‘i bilan otasiga tashlangan va unga 15 marta pichoq tiqib, o‘ldirgan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Yanvar–oktabr oylarida Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan 138 780 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Jo‘mrakdan zanglagan suv oqsa, uni qisqa muddat oqizib yuborish, suv tiniqlashmasa, boshqaruv kompaniyasiga murojaat qilish kerak.

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

Sirdaryo, Navoiy, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

Jabrlanuvchiga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan psixologik va yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.

5 yoshli qizning zo'rlanishi: ish sudga oshirildi

5 yoshli qizning zo'rlanishi: ish sudga oshirildi

Jabrlanuvchi voyaga yetmaganligi sababli sud majlisi yopiq tarzda o‘tkaziladi.

Prezident administratsiyasidagi markazdan vazirlikka: Ta’lim vazirligida yangi matbuot kotibi tayinlandi

Prezident administratsiyasidagi markazdan vazirlikka: Ta’lim vazirligida yangi matbuot kotibi tayinlandi

Doniyor Soliyev vazirlikning Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti tarkibidagi boshqarmaga rahbar bo‘ldi.

IMEI tekshiruvi bilan bog‘liq muammolar: Toshkent aeroportida telefonlarni rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi

IMEI tekshiruvi bilan bog‘liq muammolar: Toshkent aeroportida telefonlarni rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi

Bojxona qo‘mitasi telefonlar 30 kungacha olib qo‘yilishi va tezkor rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Maktabda elektron doska uchun ota-onalardan pul yig‘ildimi? Holat o‘rganilmoqda

Maktabda elektron doska uchun ota-onalardan pul yig‘ildimi? Holat o‘rganilmoqda

Samarqanddagi maktabda ota-onalardan pul yig‘ilgani haqidagi xabar yuzasidan ishchi guruh tuzildi.