0

Benzin oshishi haqidagi xabarlarga “O‘zbekneftgaz” munosabat bildirdi

1-iyundan aksiz soliqlari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Benzin oshishi haqidagi xabarlarga “O‘zbekneftgaz” munosabat bildirdi

 

Aksiz soliqlari oshishi hisobiga 2022-yil 1-iyundan “O‘zbekneftgaz” AYOQSHlarida benzin narxi o‘zgarishsiz qoladi.

 

"Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qonunga muvofiq qator neft mahsulotlari va yakuniy isteʼmolchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aksiz soliq stavkalariga joriy yil 1-iyundan o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

 

Mazkur o‘zgarishlar AI-80 benzini misolida ko‘rilganida, AYOQSHlarda o‘rtacha narx tarkibidagi mavjud soliq va boshqa majburiy to‘lovlar o‘rtacha 71 so‘mgacha (QQS bilan) bo‘lgan miqdorda chakana narxiga taʼsir qilishi mumkin.

 

Shu bilan birga, “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi UNG Petro AYOQSHlarida 1-iyundan aksiz soliqlari bo‘yicha kiritilayotgan o‘zgarishlar hisobiga bugungi kunda 1 litri 6 800 so‘mni tashkil qilayotgan AI-80 markali avtobenzinning chakana narxi oshmaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"