Jahon

Yangi sanksiyalar paketi: Rossiya qancha daromaddan mahrum bo‘ladi?

Yevropa rus neftiga embargoni maʼqulladi.

Yangi sanksiyalar paketi: Rossiya qancha daromaddan mahrum bo‘ladi?

 

Seshanbaga o‘tar kechasi Yevroittifoq Rossiyaga qarshi oltinchi sanksiyalar paketi to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Bu rus neftiga qisman embargo joriy etishni ham o‘z ichiga oladi.

 

Hozircha faqatgina dengiz orqali yetkazib beriladigan neft sanksiyalar ostiga tushgan. YEI vaqtinchalik quruqlik orqali o‘tadigan "Drujba" quvuriga cheklov joriy etmaydi. Vengriya aynan shu quvur orqali "qora oltin" oladi. Budapesht shu kunga qadar "Drujba" ga cheklov joriy etilmasligi uchun YEI sanksiyalar paketini bloklab kelayotgandi.

 

Bloomberg tahlilchilarining hisob-kitobiga ko‘ra, embargo ortidan Moskva eksportdan kelayotgan 10 milliard dollardan mahrum bo‘ladi. Rossiya kompaniyalari o‘z mahsulotini Osiyoga yo‘naltiradi, bu yerda esa Urals markali rus nefti Brent markali neftga nisbatan barreliga 34 AQSH dollariga chegirma bilan sotilmoqda.

 

"Drujba" quvurining shimoliy tarmog‘i orqali neft yetkazib berishning to‘xtatilishi qo‘shimcha 12 milliard dollar yo‘qotilishiga olib keladi. Shu bilan birga RF Vengriyaga "qora oltin" sotish orqali 6 milliard dollar daromad olishda davom etadi.

 

Yevrokomissiya raisi Ursula fon Der Lyayen Germaniya va Polsha yil oxiriga qadar quvur orqali neft sotib olishni to‘xtatishga vaʼda berganini maʼlum qilgan. Natijada 90 foiz rus nefti taqiq ostiga tushadi.

 

Avvalroq Yevroittifoq Vengriya ishtirokisiz Rossiya neftiga qarshi embargo joriy etishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.