O'zbekiston

Andijonda suv ta’minoti idorasi xodimi fuqarolar tomonidan kaltaklandi

Shundan so‘ng xodim shifoxonaga yotqizilgan.

Andijonda suv ta’minoti idorasi xodimi fuqarolar tomonidan kaltaklandi


Andijon viloyati Izboskan tumanida suv ta’minoti idorasi xodimi qarzdor iste’molchilar tomonidan kaltaklandi. Bu haqda “Andijon suv ta’minoti” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi. 


Ma’lum bo‘lishicha, MCHJning Izboskan tumani filiali xodimi Abdulboqi Saidmurodov jamoadoshlari qatori shu yilning 23-may kuni iste’molchilar tomonidan yuzaga kelgan qarzdorlikni so‘ndirish maqsadida manzillarda faoliyat olib borishga jalb etilgan. Jarayon davomida u filial huquqshunosi tomonidan chiqarilgan talabnomalarni qarzdor iste’molchilarga tarqatish bilan shug‘ullangan. 


Jumladan, “Yangi avlod” MFYning Oqshom ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Qodirjon Ablualimovga ham foydalanilgan toza ichimlik suvidan 625 ming so‘m miqdorida qarzdor ekanligini ogohlantiruvchi talabnoma yetkazib berilgan. Bunga javoban fuqaro jamiyatning vakolatli xodimini kaltaklab, unga tan jarohati yetkazgan. 


“Bizga mana shuncha qarzdorlikni sen chiqargansan, deb meni klyuch bilan solib o‘tiribdida. Onasi supurgi bilan, o‘g‘li mashina klyuchi bilan urib, menga tan jarohati yetkazdi. Buni orasida burnim sinib, 3-4 kun bolnitsada yotib chiqdim”, — deydi xodim. 


Ta’kidlanishicha, “Yangi avlod” MFYda 112575 nafar iste’molchi mavjud bo‘lib, ulardan bir oyda undirilishi kerak bo‘lgan to‘lov miqdori 380 mln so‘mdan iborat. Biroq bu ko‘rsatkich amalda 135–140 mln so‘mni tashkil etadi. 


Hozirda mazkur holat yuzasidan Izboskan tumani huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Javohirbek TURSUNOV

Samarqandda SHHT plyus ilk ekspertlar muloqoti: xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi

Samarqandda SHHT plyus ilk ekspertlar muloqoti: xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi

5–6-noyabr kunlari Samarqandda raqamli transformatsiya davrida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ekspertlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi O‘mon Sultonligiga amaliy tashrifini boshladi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi O‘mon Sultonligiga amaliy tashrifini boshladi

Amaliy tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va tarixiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi qaysi sahifalar taqiqlangan? Oliy sud yangilangan ro‘yxatni e’lon qildi

Ijtimoiy tarmoqlardagi qaysi sahifalar taqiqlangan? Oliy sud yangilangan ro‘yxatni e’lon qildi

O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik g‘oyalar bilan bog‘liq deb topilgan 2 057 ta internet manbasidan foydalanish taqiqlangan.

Buxoroda 105 million dollarlik turizm markazi qurilmoqda: 2 mingta ish o‘rni yaratiladi

Buxoroda 105 million dollarlik turizm markazi qurilmoqda: 2 mingta ish o‘rni yaratiladi

Majmuada mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, muzey, amfiteatr va hunarmandchilik markazlari tashkil etiladi.

O‘zgidrometdan ogohlantirish: to‘qqizta viloyatda sel xavfi e'lon qilindi

O‘zgidrometdan ogohlantirish: to‘qqizta viloyatda sel xavfi e'lon qilindi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Qozog‘istonlik futbolchilar zaharlanishi: holat yuzasidan jinoyat ishi qo'z'atildi

Qozog‘istonlik futbolchilar zaharlanishi: holat yuzasidan jinoyat ishi qo'z'atildi

Mehmonxonada nonushta qilgan 20 kishidan 13 nafarida zaharlanish alomatlari kuzatilgan.

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Davlat rahbari Buxoroning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va undan yoshlar tarbiyasida foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Oliy ta’lim muassasalarida “Xavfsiz talaba” ilovasini o‘rnatmagan talabalar darslarga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.