O'zbekiston

Turkmaniston O‘zbekistondan tranzit yuklarini tashishga ruxsat berdi

Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi

Turkmaniston O‘zbekistondan tranzit yuklarini tashishga ruxsat berdi

 

Turkmaniston 2022 yil 1 iyundan xorijiy davlatlar, xususan, O‘zbekiston transport vositalariga mamlakat hududi orqali tranzit yuk tashuvlarini amalga oshirishga ruxsat berdi. 

 

Maʼlum bo‘lishicha, xorijiy davlatlar transport vositalari haydovchilari mamlakat hududi orqali quyidagi yo‘nalish bo‘ylab tranzit harakatlanadi: «Saraxs (Eron)–Saraxs (Turkmaniston)»–«Farap (Turkmaniston)–Olot (O‘zbekiston)»–«Saraxs (Turkmaniston)–Saraxas (Eron)» nazorat-o‘tkazish punktlari.

 

 

Taʼkidlanishicha, mamlakat hududi bo‘ylab tranzit yuk tashuvlari quyidagi talab va shartlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi:

  • Xorijiy davlatlar transport vositalari haydovchilari Turkmaniston davlat chegarasini kesib o‘tishda tranzit tashuvini amalga oshirish jarayonini rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni maxsus sanitar ishlovdan o‘tkazish uchun taqdim etishlari shart;

  • Belgilangan tartibda avtotransport vositalari sanitar tozalashdan o‘tkaziladi;

  • Chegaradan o‘tishda PZR usuli bilan COVID-19 ga test sinovidan o‘tganligi haqida maʼlumotnoma (davlat chegarasidan o‘tishdan oldin kamida 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda), koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat (oxirgi emlash sanasidan 42 kundan kam bo‘lmagan muddatda) taqdim etilishi shart;

  • Nazorat-o‘tkazish punktida COVID-19 uchun ekspress-testdan o‘tish;

  • Turkmaniston hududi bo‘ylab tranzit tashuv yuk avtotransport vositalarining tashkiliy jamlanmasi (avtokolonna)da harakatlanish orqali amalga oshiriladi;

  • Mamlakatning O‘zbekiston va Eron bilan chegarasidan 1 km masofada yuk avtotransport vositalarining tashkiliy jamlanmasi (avtokolonna) tuziladi;

  • Yuk avtotransport vositalarining tashkiliy jamlanmasi (avtokolonna) tuzish soat tonggi 8:00 dan boshlanadi;

  • yuk avtotransport vositalarining tashkiliy jamlanmasi yo‘l politsiyasi maxsus mashinalari kuzatuvi ostida harakatlanadi. Harakat davomida haydovchilarga to‘xtash va avtotransport vositasi kabinasidan chiqish taqiqlanadi;

  • Yuk avtotransport vositalarining tashkiliy jamlanmasi harakati davomida haydovchilarning dam olishi, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, yonilg‘i quyish, zarur oziq-ovqat mahsulotlarini olish uchun maxsus belgilangan avtoturargohlarda to‘xtash ko‘zda tutilgan;

  • Harakat davomida nosozlik yoki boshqa muammo yuzaga kelgan taqdirda tegishli transport vositasi jamlanmadan ajratiladi. Bunday vaziyatda ichki ishlar organlari xodimlari Turkmaniston avtomobil transporti agentligi bilan birgalikda yuzaga kelgan muammoni hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatadi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"