O'zbekiston

“Buxanka”ning narxi tushishi mumkinmi?

Birja mutaxassislari shu kunning dolzarb masalalariga oydinlik kiritdi.

“Buxanka”ning narxi tushishi mumkinmi?

 

So‘nggi yillarda ko‘plab tovarlarni sotish va sotib olishda bozor mexanizmlariga o‘tish ortidan birja savdolariga qiziqish ortib ketdi. Ayniqsa, 1 iyundan boshlab g‘allaning birjada ochiq savdoga chiqarilishi va buning ortidan qolipli non (xalq tilida “buxanka”)ning narxi ko‘tarilishi ortidan birja e’tibor markazida bo‘lib turibdi.

 

Xo‘sh, bozor iqtisodiyotining eng muhim vositalaridan biri bo‘lgan birja faoliyati O‘zbekistonda qanday yo‘lga qo‘yilgan? 7 iyun kuni Respublika tovar-xomashyo birjasi maxsus press-tur uyushtirdi.

 

Kunning eng dolzarb masalasi

 

Press-turda markaziy muammo – g‘allaning bozor narxlarida sotilishi bo‘ldi. Unda bir qator masalalarga oydinlik kiritildi.

 

Birinchidan, ushbu chora-tadbirdan ko‘zlangan eng asosiy maqsad — narxlarni barqarorlashtirishdan iborat. Ayniqsa, hozirgi — butun dunyoda oziq-ovqat tanqisligi kuzatilayotgan va bozorlar tobora yopilib borayotgan bir sharoitda bu eng ustuvor vazifa sanaladi.  Xususan, hozirda jahon bozorida 1 tonna bug‘doy narxi 480 dollarni tashkil etmoqda.

 

Avvallari non ishlab chiqaradigan korxonalar unni belgilangan narxda sotib olgan, ammo bu mavjud talabni qondirishga imkon bermagan. Qolgan mahsulot qora bozorda sotib olinar va narx baribir bozor narxlariga mos tushardi (ba’zan esa undan ham baland bo‘lgan). Endilikda bunga ehtiyoj yo‘qoldi va barchasi shaffof holatda amalga oshirilmoqda. Bozor tamoyillarining joriy etilishi ehtimoliy inqiroz davrlarida vaziyatni suiiste’mol qilishning oldini oladi.

 

Ikkinchidan, 1 iyundan un, 1 iyuldan donning ochiq savdoga chiqarilishi mijozlarning ko‘payishiga olib keldi. Masalan, 1 iyungacha un xarid qiluvchilar soni 2700 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda 4.5 mingdan ortib ketdi (6 kun oralig‘ida). Bu o‘z navbatida raqobat muhitining kuchayishiga hamda savdo jarayonlarining yanada shaffofligiga sabab bo‘ladi.

 

O‘zbekiston don va un eksport qiladimi?

 

O‘zbekiston don eksportini amalga oshiradi. Ammo mamlakatning o‘zida yetishtirilgan don emas, balki import qilingan mahsulot xorijga chiqariladi. O‘zbekistondan asosan, Tojikiston va Afg‘oniston g‘alla import qilishi qayd etildi.

 

Eng ko‘p qaysi viloyatlar birjaga un chiqardi?

 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 6 iyun holatiga ko‘ra, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyati fermerlari birjaga eng ko‘p mahsulot joylashtirgan.

 

Birjani brokersiz tasavvur qilib bo‘lmaydi

 

Shu sababli yangi joriy etilgan mexanizmda ularga alohida e’tibor qaratildi. Respublika tovar-xomashyo birjasi matbuot xizmati rahbari H.Tillaboyevning ma’lum qilishicha, Savdo-sanoat palatasining 200 xodimi va bevosita fermerlarning 500 dan ziyod hisobchilari brokerlikka o‘qitildi. Ularning barchasi birjada broker sifatida ro‘yxatga olingan.

 

Qolipli non narxi tushishi mumkinmi?

 

Birja mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, endilikda barchasi bozorga bog‘liq. Agar narxlar barqarorlashsa, ma’lum vaqtdan so‘ng don narxi pasaysa, qolipli non narxi ham pastlaydi.

 

Xulosa o‘rnida

 

Don mahsulotlarining bozor mexanizmlari asosida sotishga o‘tilishi baribir amalga oshirilishi kerak edi. Uni kechiktirish, ortga surish iqtisodiyotga hech qanday samara bermaydi. Nonga talabning oshishi un va donga ajratiladigan dotasiyalarning ham ko‘paytirilishiga olib kelar, oqibatda yildan yilga byudjetga buning og‘irligi ko‘payib borardi.

 

Ikkinchidan, asosiy maqsad — haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tish ekan, raqobat muhitini kuchaytirish zarur. ikkinchidan, tovar ishlab chiqaruvchilarning manfaatdorligi bo‘lmas ekan, ishlab chiqarish unumdorligi past bo‘laveradi. Birja orqali tovarlarning sotilishi esa ushbu ikki faktorning ta’minlanishiga olib keladi.

 

Jahongir QO‘ZIYЕV

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.