Sport

O‘zbekistonda so‘nggi ikki yil ichida 310 ta sport maktabi tashkil etiladi

Maktablarga qabul qilinuvchilarning yoshi maʼlum qilindi.

O‘zbekistonda so‘nggi ikki yil ichida 310 ta sport maktabi tashkil  etiladi

 

“Davlat sport-taʼlim muassasalari faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–268-son, 06.06.2022 y.) qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, quyidagilar tashkil etilаdi:

 

  • Sportni rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi 279 ta bolalar-o‘smirlar sport maktablari va ularning filiallari negizida 254 ta sport maktabi;
  • Vazirlik tasarrufidagi 56 ta ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari negizida 56 ta ixtisoslashtirilgan sport maktabi.
  • Sport maktablariga 4 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yoshlar qabul qilinadi.
  • “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan ommaviy sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari, shuningdek, 4-6 yoshli bolalar sport turlaridan kelib chiqib dastlab sport maktabining sport-sog‘lomlashtirish guruhida olimpiya sport turlari yoki milliy kurash bo‘yicha 8 oygacha bepul shug‘ullanadi.
  • Sport maktabining sport-sog‘lomlashtirish va boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarida tayyorgarlikdan o‘tgan, professional sportga salohiyati bor o‘quvchilari ixtisoslashtirilgan sport maktabining tegishli yo‘nalishiga (sportning o‘yin turlari va yengil atletika, suv sporti turlari, yakka kurash va gimnastika) o‘qishga qabul qilinadi.

 

2022/2023-o‘quv yilidan:

 

  • aholisi 200 mingdan yuqori bo‘lgan tuman (shahar)lardagi sport maktablarida kamida 20 ta olimpiya sport turlari;
  • aholisi 150 mingdan 200 minggacha bo‘lgan tuman (shahar)lardagi sport maktablarida kamida 15 ta olimpiya sport turlari;
  • aholisi 150 minggacha bo‘lgan tuman (shahar)lardagi sport maktablarida kamida 10 ta olimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilar tayyorlanadi.

 

Sport maktablari kontingenti faqat Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan (bundan milliy kurash hamda alohida Hukumat qarorlari bilan belgilangan sport turlari mustasno) sport turlari bo‘yicha shakllantiriladi.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"