Jahon

Braziliyada bedarak yo‘qolgan jurnalist va gid qidirilmoqda

Britaniyalik Dom Filips va braziliyalik Bruno Pereyr Peru bilan chegara yaqinidagi Javari daryosida g‘oyib bo‘lgan.

Braziliyada bedarak yo‘qolgan jurnalist va gid qidirilmoqda

 

Braziliya o‘tgan yakshanbadan beri bedarak yo‘qolgan jurnalist va mahalliy xalqlar madaniyati bo‘yicha mutaxassisni qidirmoqda. 

 

«Biz tergov variantlarini eʼtiborsiz qoldirmaymiz. Bizda ikkita asosiy yo‘nalish bor. Qidiruv to‘xtamadi. Jinoyat sodir etilgan bo‘lishi mumkin», — dedi Amazonas shtati politsiyasi boshlig‘i Aleksandr Eduardo Fontes.

 

Shu kungacha 6 nafar fuqaro politsiyaga murojaat qilgan. Mahalliy xalqlar ishlari bo‘yicha agentlik vakili Marselo Ksavyening aytishicha, Vale-du-Javari hududi Portugaliyaning ikkita hududiga teng va bu hudud unchalik mehmondo‘st emas.

 

«Mahalliy aholi yashaydigan hududga xavfsizlik xizmatiga rasman xabar bermasdan ikki kishining kirishi qiyinchilik tug‘dirmoqda», — dedi u.

 

Odamlar Dom Filips va Bruno Prereyrni oxirgi marta qayiqda sayohat qilganini ko‘rishdi. Ularga ergashgan erkak soqchilar tomonidan ushlanib, keyinroq qo‘yib yuborilgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.