O‘zbekistonda aviaparvozlar narxi arzonlamoqda
Bu bo‘yicha statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Joriy yilning may oyida O‘zbekistonda havo transportida yo‘lovchi tashish narxlari aprel oyiga nisbatan, yaʼni bir oyda o‘rtacha 5,8 foizga arzonlashgan.
Havo transportida yo‘lovchi tashish narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 4,6 foizga tushgan.
O‘zbekistonda samolyotda yo‘lovchi tashish narxlarining arzonlashuvi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yaʼni bir yilda o‘rtacha 9,1 foizni tashkil etgan.







