O'zbekiston

Qozog‘istonda 31 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus halokatga uchradi

Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Qozog‘istonda 31 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus halokatga uchradi

 

Maʼlum qilinishicha, 2022 yil 15 iyun kuni soat 06:45 da Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan maʼlumotga ko‘ra, bugun, 15 iyun kuni Qozog‘iston vaqti bilan soat 03:10 da Jambul oblasti Jambul rayonidan o‘tuvchi “Almata-Toshkent” avtomobil yo‘lining 545 km. da Qozog‘iston Respublikasi “Qizil tan” qishlog‘idan 7 km uzoqlikda trikotaj mahsulotlari ortilgan yuk mashinasida yong‘in chiqqan. Oqibatda, avtomobil yo‘lida tirbandlik yuzaga kelganligi natijasida soat 03:40 larda “Almata-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan yuk mashinasi 2 ta yo‘lovchi tashish avtobusi va 1 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashuvgan. To‘qnashuv oqibatida ushbu avtotransport vositalarida yong‘in kelib chiqqan.  

 

Yong‘in sodir bo‘lgan avtobuslarning birida 31 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan va ulardan 3 nafari o‘rta darajada tan jarohati bilan Taraz shahar tibbiyot maskaniga olib borilgan. Hozirda ushbu fuqarolarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

 

Shuni alohida taʼkidlash joizki, Do‘st Qozog‘iston masʼullari yuzaga kelgan mazkur baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda yaqindan ko‘mak berishmoqda.

 

Holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan maʼlumot almashinuvi davom etmoqda.

 

custom img

Toshkent metrosida poyezdlar harakatida uzilish kuzatildi

“Paxtakor” bekatida odam haddan tashqari ko‘payib ketganidan havo isib, yo'lovchilardan ayrimlarining mazasi qochgan.

custom img

Tergov izolyatorida vafot etgan tadbirkor firibgarlik ayblovi bo‘yicha oqlandi

Tadbirkor To‘dako‘l ko‘lining ijarasi va u yerdagi baliq zaxirasiga oid mojaro yuzasidan firibgarlikda ayblangandi.

custom img

1 foizlik keshbek bekor qilinmaydi — Soliq qo‘mitasi

Qo‘mitaga ko‘ra, soxta cheklar sabab o‘n minglab fuqarolarning keshbek to‘lovlari vaqtincha to‘xtatilgan.

custom img

O‘zbek ijodkorining kitobi Ozarbayjonda nashrdan chiqdi

Shuhrat Orifning “Maktubdir umrim” nomli kitobi ozarbayjon tiliga o‘girildi.

custom img

Qaysi yo‘nalishga necha ball kerak? O‘qishni ko‘chirish mezonlari ma’lum bo‘ldi

Eng yuqori ko‘rsatkich huquq, eng pasti veterinariya yo‘nalishiga belgilandi.

custom img

Zangiotada fuqaro MIBga qarshilik qilib, binoga o‘t qo‘ydi

Maʼlum bo‘lishicha, noqonuniy qurilmani majburiy buzdirish jarayonida qarzdor va uning yaqinlari faol qarshilik ko‘rsatgan.

custom img

Bolalarga zo‘ravonlik qilgan pedagoglar bir yil bog‘chalarda ishlay olmaydi

Senat bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish, aliment to‘lovlari va yetim bolalarni oilaga joylashtirish tartibini takomillashtiruvchi qonunni ma’qulladi.

custom img

To‘rt hududda kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan bank xodimlari fosh etildi

Tekshiruvlarda imtiyozli kreditlarni noqonuniy rasmiylashtirish, qalbaki hujjatlar orqali mablag‘larni o‘zlashtirish va firibgarlik holatlari aniqlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"