0

"To‘g‘on bilan bog‘liq muammo mavjud emas. Xavotirga o‘rin yo‘q!"

"O‘zbekgidroenergo" To‘polang suv omboridagi vaziyat bo‘yicha munosabat bildirdi.

"To‘g‘on bilan bog‘liq muammo mavjud emas. Xavotirga o‘rin yo‘q!"

 

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida joylashgan “To‘polang suv ombori” to‘g‘oni suv qo‘yib yuborgani va atrofni suv bosganligi to‘g‘risidagi asossiz (feyk) maʼlumotlar tarqatilmoqda

 

“O‘zbekgidroenergo” AJ mazkur voqea yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

 

Hozirda To‘polang suv ombori qoshida barpo etilgan To‘polang GESda 2-komponent modernizatsiya loyihasi amalga oshirilayotgani munosabati bilan bosimli quvurda sinov ishlari o‘tkazilgan vaqtda bosim quvuri to‘sini orqali 40 m3 suv chiqqan.

 

To‘g‘on bilan bog‘liq muammo mavjud emas. Xavotirga o‘rin yo‘q!

 

Ayni paytda ushbu nosozlik to‘liq bartaraf etildi. 40 m3 suv to‘liqligicha kanalga yo‘naltirildi.

 

Yurtdoshlarimizdan turli mazmundagi asossiz xabarlarga ishonmaslikni, ortiqcha vahimaga berilmaslikni so‘raymiz.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda joylashgan To‘polang suv omboridan suv toshgani haqida xabar berilgandi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"