O'zbekiston

Jizzaxdagi “gaz zapravka”da portlash sodir bo‘ldi

Holat bo‘yicha viloyat FVB ma’lumot berdi.

Jizzaxdagi “gaz zapravka”da portlash sodir bo‘ldi

 

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 23-iyun kuni avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida portlash yuz berdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, kecha soat 15:00 atrofida Sharof Rashidov tumani “Sovungarlik” MFY hududida joylashgan avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyasida “VAZ-2106” rusumli transport vositasiga yonilg‘i to‘ldirish jarayonida portlash sodir bo‘lgan.


“Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, boshqa transport vositalariga zarar yetmagan. Jabrlanganlar yo‘q. Portlash natijasida yong‘in kelib chiqmagan, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga chiqarilmagan”, — deyiladi xabarda.


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga “VAZ-2106” avtomashinasidagi nosozlik sabab bo‘lgan. Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi korxonada kuchli portlash ro‘y bergandi. Oqibatda sexning bino konstruksiyalari buzilgan.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.