Jahon

O‘zbekiston SHHT davlatlarini “yashil energetika” masalasida birga harakat qilishga chaqirdi

Bugun Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlarning energetika vazirlari kengashi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston SHHT davlatlarini “yashil energetika” masalasida birga harakat qilishga chaqirdi

 

O‘zbekiston SHHT davlatlarini birgalikda toza va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tishga chaqirdi. Bu haqda energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Axmadxo‘jayev maʼlum qildi.

 

“Bir tomondan doimiy ravishda generatsiyani oshirib borish, ikkinchi tomondan iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq real muammolar insoniyat oldiga toza va barqaror energiyaga o‘tish yo‘llarini topish vazifasini qo‘ymoqda”, – degan u.

 

Vazir o‘rinbosarining fikricha, ushbu yo‘nalishda tajriba almashish va qo‘shma loyihalar muammoga yechim topish hamda ularni amaliyotga joriy qilish jarayonini tezlashtiradi.

 

Axmadxo‘jayevning qo‘shimcha qilishicha, ushbu masalaning SHHTga aʼzo davlatlar vazirlar kengashida muhokama qilinishi tashkilot davlatlari bu global masala ustida ishlayotganidan dalolat beradi. U mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tezlashtirishga chaqirgan.

 

Avvalroq Toshkentda SHHT Anʼanaviy tibbiyot anjumani bo‘lib o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlari suv, tuproq va havoning keng ko‘lamda ifloslanishiga olib kelib, aholi salomatligi hamda oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda.

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Gumonlanuvchilar sud qarori bilan hibsga olinib, qamoqqa yuborilgan.

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Amaldor xorijiy davlatga 100 dan ortiq ma'lumot yetkazgan, ularning 35 tasi davlat siri deb topilgan.

Kaliningrad blokadasi xavfi: Rossiya ikkita temiryo‘l paromi quradi

Kaliningrad blokadasi xavfi: Rossiya ikkita temiryo‘l paromi quradi

Ushbu chora Kaliningrad viloyatini transport blokadasidan himoya qilish va uning uzluksiz ta’minotini yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Mamlakat 2027-yil noyabridan statut ishtirokchisi bo‘lmaydi.

Yangi Konstitutsiya rad etilsa, Pashinyan bosh vazirlikdan ketadi

Yangi Konstitutsiya rad etilsa, Pashinyan bosh vazirlikdan ketadi

Armaniston bosh vaziri referendum natijasiga qarab iste’foga chiqishi yoki tinchlik jarayonini yakunlash ustida ishlashda davom etishini ma’lum qildi.

Tramp Eron hujumlari kuchayganini aytdi: barcha raketa va dronlar urib tushirilgan

Tramp Eron hujumlari kuchayganini aytdi: barcha raketa va dronlar urib tushirilgan

AQSh prezidenti hujumlar kuchayganini AQShdagi oraliq saylovlarda demokratlar g‘alaba qozongani bilan bog‘ladi.

Qirg‘izistondagi qurilish obyektida yong‘in: ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qirg‘izistondagi qurilish obyektida yong‘in: ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Yana bir nafar fuqaro esa reanimatsiyaga yotqizilgan.