O'zbekiston

28 yilda O‘zbekiston fuqaroligini olgan erkak, mahallasiga internet yetib borgan aholi va kontrakti davlat tomonidan to‘lab berilgan talabalar...

Samarqanddagi ommaviy qabulda 3 ming 56 ta masala ko‘rib chiqilib, ularning 43 foizi ijobiy hal qilindi.

28 yilda O‘zbekiston fuqaroligini olgan erkak, mahallasiga internet yetib borgan aholi va kontrakti davlat tomonidan to‘lab berilgan talabalar...

 

Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon va Jomboy tumanlarida Respublika ishchi guruhining ommaviy qabuli o‘tkazildi. Bu viloyat aholisini o‘ylantirayotgan ayrim masalalarni “mahallabay” o‘rgangan holda joyida hal etish imkonini berdi.


Sud masalasida kelib tushgan murojaatlar asosida 18 nafar mahkumga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi yengilrog‘iga almashtirildi, 37 nafar shaxs esa jazoni o‘tashdan muddatidan avval shartli ozod qilindi.


Prokuratura organlari ko‘rib chiqqan 199 ta masalaning aksariyat qismi ijobiy hal etildi. Bu jarayonda 18 nafar murojaatchiga aliment, 25 nafar shaxsga moddiy-ma’naviy zarar undirilishi ta’minlandi. 


Xalq ta’limi tizimi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilgach, 7 ta maktabni ta’mirlash masalasi kelgusi yillardagi investitisiya dasturiga kiritiladigan bo‘ldi, bir qator murojaatchilar maktablarga ishga joylashtirildi. 


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasiga oid murojaatlar asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj 15 nafar talabaning kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi.


Sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha esa 230 ta masalaning 129 tasi joyida hal qilindi. Murojaatlar asosida shifoxonalarda bepul davolanish uchun 27 ta yo‘llanma berildi, 51 ta yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. Ko‘plab fuqarolar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 30 nafar ehtiyojmand insonlarga nogironlik aravachalari, ortopediya jihozlari va reabilitasiya vositalari berildi.


Ishtixonlik Murod Jo‘rayevning “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi mas’ullariga murojaatidan so‘ng tumanning “O‘zbekiston” mahallasidaga shisha tolali aloqa kabellari tortilib, 128 ta xonadon internetga ulandi.  Xuddi shunday murojaatlar asosida Bulung‘ur tumanining “Guliston”, Jomboy tumani “Dehqonobod” mahallalaridagi 500 dan ortiq xonadonlarga ham yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i tortib berildi. 


Ichki ishlar organlariga taalluqli bo‘lgan 222 ta masalaning 82 tasiga joyida yechim topdi. Shular qatorida ijtimoiy himoyaga muhtoj 11 nafar fuqaroga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, 29 nafar murojaatchiga fuqarolik va xorijga chiqish pasportlari rasmiylashtirib berildi. Ishtixon tumanining Qoraqishloq mahallasida yashovchi Bo‘ltak Shakarov ham 28 yil deganda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.


Respublika ishchi guruhining Samarqand viloyatidagi ommaviy qabullarida 3 ming 56 ta masala ko‘rib chiqilib, ularning 1 ming 311 tasi, ya’ni 43 foizi ijobiy hal qilindi, 844 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan bo‘lsa, 901 ta murojaat nazoratga olindi.

 

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

custom img

Samimiy murojaat: Muhammedaliga Prezident maktub va sovg‘a

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida Muhammedali ismli bolaning Prezidentga samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.

custom img

Farg‘onada MIB orqali fermerdan 99 mln undirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fermer xo‘jaligining 25 ta ijro hujjati bo‘yicha soliq qarzi mavjud bo‘lgan.

custom img

Qoraqalpog‘istondagi reydda 523 ta avtomashina jarima maydoniga joylashtirildi

Maʼlum bo‘lishicha, ularning 2,6 mlrd so‘mlik jarimalari mavjud.

custom img

Jizzaxda kredit qarzi sabab noturar bino xatlandi

Endilikda keyingi ijro harakatlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

custom img

56 ta yangi vagon: Toshkent metrosida vagonlarning qariyb 70 foizi yangilandi

Yangi avlod zamonaviy harakat tarkiblari metropolitenning 4 ta yo‘nalishida harakatlanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"