O'zbekiston

O‘zbekistonda koronavirus avj olmoqda

Bir sutkada 14 ta hududda 139 ta kasallik yuqtirish holati aniqlandi.

O‘zbekistonda koronavirus avj olmoqda

 

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanishlar soni ortishda davom etmoqda. Kecha, 25-iyun kuni 139 kishida infeksiya aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.


Yangi kasallanish holatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2 ta), Andijon (1 ta), Buxoro (5 ta), Jizzax (6 ta), Qashqadaryo (17 ta), Navoiy (4 ta), Namangan (4 ta), Samarqand (3 ta), Sirdaryo (3 ta), Surxondaryo (10 ta), Farg‘ona (11 ta), Xorazm (4 ta), Toshkent (13 ta) viloyatlarida, shuningdek, poytaxtda (56 ta) qayd etilgan.


Koronavirus kasallikka chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.


Shuningdek, kecha kun davomida Qashqadaryo (3 nafar), Farg‘ona (1 nafar), Toshkent (6 nafar) viloyatlarida va poytaxtda (15 nafar) jami 25 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

 

Javohirbek TURSUNOV

custom img

Saida Mirziyoyeva Londonda siyosatchilar va xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi

Uchrashuvlarda UzNIF fondining xalqaro bozorga chiqishi, ESG standartlari, “yashil” obligatsiyalar va o‘zbek kompaniyalarining global bozorlarga integratsiyasi masalalarini muhokama qilindi.

custom img

Saida Mirziyoyeva London fond birjasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda  o‘zbek kompaniyalarini global bozorlarda faoliyat yuritishga tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.

custom img

Bangkokda yuk poyezdi va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashuvida o‘zbekistonliklar jabrlanmagan — TIV

Hodisa oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 33 kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan.

custom img

10 ming qadam uchun pul to‘laydigan platforma ishga tushgan — Ekoqo‘mita

“Eko-faol fuqaro” platformasi 1-maydan faoliyat boshlagan bo‘lib, uni App Store va Play Market orqali yuklab olish mumkin.

custom img

O‘zbekiston aksiyalari ilk bor xalqaro ommaviy savdoga chiqarildi

IPO jarayonida “BlackRock”, “Franklin Resources” va “Redwheel” kabi yirik xalqaro investorlar ishtirok etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Aqlli va xavfsiz shaharlar alyansi”ni tuzishni taklif qildi

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitida nutq so‘zladi.

custom img

Namanganda “Media haftalik” boshlandi

"Media haftalik" 22-mayga qadar davom etadi.

custom img

Inson huquqlari sohasida yosh tadqiqotchilarni tayyorlash loyihasi amalga oshirilmoqda

Ushbu loyiha doirasida 18-may kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida xalqaro ekspert professor Polin Yakobsning ommaviy maʼruzasi tinglandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"