0

Toshkent-Qarshi yo'nalishida poyezd qatnovi kengaydi

"Afrosiyob" elektropoyezdlari qatnovi joriy yil 8-iyuldan yo'lga qo‘yiladi.

Toshkent-Qarshi yo'nalishida poyezd qatnovi kengaydi

 

“Toshkent – Qarshi – Toshkent” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdlari qatnovi yana 1 taga ko‘paydi

 

Joriy yil 8 iyuldan boshlab, haftaning har juma, shanba va yakshanba kunlari “Toshkent-Qarshi-Toshkent” yo‘nalishida 780/779-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. 

 

Harakat jadvaliga ko‘ra “Toshkent- Qarshi” yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradigan 780-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi har haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari soat 07:00 da Toshkent Markaziy vokzalidan; 

 

“Qarshi-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan 779-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi esa Qarshi vokzalidan soat 15:25 da qatnovini amalga oshiradi.

 

Shu bois, 2022-yil 8-iyuldan boshlab, bugungi kunda “Toshkent-Samarqand-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan 764/763-sonli hamda “Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida harakatlayotgan 770-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdlari qatnovida ham o‘zgarish kuzatiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"