Xiva Islom dunyosining turizm poxtaxti deb e’lon qilindi
Xiva shahrining nomzodi BAAning Abu-Dabi, Turkiyaning Shanliurfa, Nigeriyaning Lagos, Tojikistonning Dushanbe shaharlari orasida g‘olib deb topilgan.

Xorazm viloyatining Xiva shahri Islom dunyosining 2024-yildagi turizm poytaxti deb e’lon qilindi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu bo‘yicha qaror Islom hamkorlik tashkiloti vazirlar kengashining Boku shahrida o‘tgan XI sessiyasida qabul qiligan.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan islohotlar, jumladan, turizm sohasini rivojlantirish, tarixiy obidalarni asrab-avaylash, muqaddas qadamjolarni obod qilish, ajdodlarimiz ma’naviy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish borasidagi ishlar natijasida va buning e’tirofi sifatida Xiva shahrining nomzodi BAAning Abu-Dabi, Turkiyaning Shanliurfa, Nigeriyaning Lagos, Tojikistonning Dushanbe shaharlari orasida g‘olib deb topildi”, — deyiladi xabarda.







