Jahon

Ukraina nizosi yakunlari bo‘yicha uchta variant taxmin qilindi

AQSH diplomati bu bo‘yicha fikrlarini keltirdi.

Ukraina nizosi yakunlari bo‘yicha uchta variant taxmin qilindi

 

AQSH sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer Ukraina nizosi yakuni bo‘yicha 3 variantni keltirdi. Bu haqda u The Spectator jurnaliga bergan intervyusida aytgan.

 

Diplomatning fikricha, birinchi holatda Moskva hozirgi pozitsiyalarida to‘xtaydi. Natijada Ukraina 20 foiz hududini yo‘qotadi va Donbassning katta qismi, asosiy sanoat hamda qishloq xo‘jalik mintaqasi, shuningdek, Qora dengiz qirg‘og‘ining bir qismi Rossiya nazoratiga o‘tadi.  Kissinjer bu RF g‘alabasi bo‘lishini taʼkidlagan. NATO ham ushbu vaziyatda nizoga tortilmaydi.

 

Ikkinchi variant — Rossiyani egallab olingan hududlardan siqib chiqishga urinish. Ammo nizo cho‘zilib borishi bilan G‘arb ham unga qo‘shilishi xavfi bor.

 

“Uchinchi variant — 24 fevraldagi vaziyatga qaytish. Bu holatda Ukraina qayta qurollanadi va NATO bilan qattiq bog‘lanadi, u hatto alyans aʼzosiga aylanishi mumkin. Bu mojaroning maʼlum muddatga muzlatilishiga olib keladi”, — degan sobiq davlat kotibi.

 

Maʼlumot o‘rnida: Genri Kissinjer 1969-1975 yillarda AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi, 1973-77 yillarda esa davlat kotibi bo‘lgan. Uni “AQSH diplomatiyasi oqsoqoli” deb atashadi. Diplomat, shuningdek, xalqaro munosabatlar sohasida dunyoning eng yetakchi ekspertlaridan biri.

 

Avvalroq Vladimir Zelenskiy Rossiyaning Ukraina bilan chegaralanib qolmasligini maʼlum qilgandi.

 

 

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Eron davlat televideniyesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholining qanday harakat qilishi kerakligi haqida ko‘rsatmalarni namoyish etdi.

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Qutqaruv ishlari 48 soat davom etgan.

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Migratsiya qoidalarini buzganlik uchun jazolar kuchaytirildi.

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

Amerika rasmiylari hujumni mudofaa chorasi sifatida ta’riflagan.

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

Muzokaralar 10-11-noyabr kunlari Abu-Dabida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qo‘lga olinganlar ekstremistik guruh tuzish, terrorizmni targ‘ib qilish va diniy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinmoqda.