O'zbekiston

Har yili “Islom olamida turizm haftaligi” o‘tkaziladi

Xiva shahri 2024-yildagi islom dunyosining turizm poytaxti deb eʼlon qilindi.

Har yili “Islom olamida turizm haftaligi” o‘tkaziladi

 

Joriy yilning 27–29-iyun kunlari Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya Boku Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) aʼzo mamlakatlar turizm vazirlari Islom konferensiyasining XI sessiyasida qatnashdi.

 

Tadbirda IHT davlatlari turizm vazirliklari va turizm boshqarmalari rahbarlari, shuningdek, IHT institut va tuzilmalari rahbarlari, xususan, IHT Bosh kotibi Brahim Hisseyn Taha va Tashkilotga aʼzo mamlakatlar delegatsiyalari ishtirok etdi.

 

Konferensiya Islom turizmini rivojlantirish bo‘yicha Strategik yo‘l xaritasi, turizm investitsiya loyihalarini amalga oshirish, pandemiyadan keyingi davrda sohani tiklash, islom madaniyati va merosini targ‘ib qilish, sayyohlik ko‘rgazmalarini o‘tkazish va shu kabi mavzular muhokamasiga bag’ishlandi.

 

Xususan, Xiva shahri 2024-yildagi islom dunyosining turizm poytaxti deb eʼlon qilindi. Shu yili Xiva shahrida Turizm vazirlarining XII Islom konferensiyasini tashkil qilish va har yili O‘zbekistonda “Islom olamida turizm haftaligi”ni o‘tkazishga kelishib olindi.

 

Bundan tashqari, “Boku deklaratsiyasi” va “IHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida turizmni rivojlantirish boʻyicha rezolyutsiya” ham qabul qilindi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.