O'zbekiston

Avtomashina egasi o‘zgarsa, “tonirovka” ruxsatnomasining amal qilish muddati saqlanib qoladimi?

Bu bo‘yicha IIV tomonidan yangi tartib joriy qilinadi.

Avtomashina egasi o‘zgarsa, “tonirovka” ruxsatnomasining amal qilish muddati saqlanib qoladimi?

 

Joriy yilning 1-sentyabrigacha Ichki ishlar vazirligi tomonidan “tonirovka” qilingan transport egasi o‘zgarganda, davlat raqami almashtirilganda yoki egasining ma’lumotlarida o‘zgarish bo‘lganda “tonirovka” uchun berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddatini saqlab qolish tartibi ishlab chiqiladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtotransport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida ko‘rsatib o‘tilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 1-iyuldan yengil avtotransport vositalarining orqa yon oynalarini qoraytirish bepul amalga oshiriladi. 

 

Old yon oynalari tusini qoraytirishga ruxsatnoma berganlik uchun BHMning 8 baravari (2 mln 400 ming so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi. Ushbu davlat xizmati YAIDXP orqali ko‘rsatilganda to‘lov miqdori 2 mln 160 ming so‘mni tashkil etadi.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.