O'zbekiston

“UzAuto Motors” Prezident topshirig‘ini bajardi

Kompaniya joriy yilda avtomobil ishlab chiqarishning yangi rekordini o‘rnatdi.

“UzAuto Motors” Prezident topshirig‘ini bajardi

 

“UzAuto Motors” Prezident topshirig‘ini bajarib, 2022-yilning birinchi yarim yilligida 160 000 dona avtomobil ishlab chiqardi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar qildi. 

 

Qayd etilishicha, ilk marotaba birinchi yarim yillikda zavodda 160 000 dona avtomobil ishlab chiqarilgan. Shunday qilib, korxona mehnat jamoasi ishlab chiqarishning yangi rekordini o‘rnatgan.

 

Shu munosabat bilan kompaniyaning yig‘ish syexida 160 000-chi avtomobilning chiqishiga tantanali tadbir tashkil etilgan. 

 

“UzAuto Motors” AJ bosh direktori Bo Anderson mamlakat prezidenti tomonidan jamoa oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishda qo‘shgan hissasi uchun barcha xodimlarga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.  Shuningdek, Chevrolet Lacyetti va Cobalt avtomobil modellarini kutish muddatini qisqartirilgani hamda kompaniyaning yaqin orada maqsadi Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari ishlab chiqarilishini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish ekanligini ma’lum qilgan.

 

O‘z ishini yaxshi ko‘rsatkichlar bilan qayd etgan xodimlar faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlangan.

 

custom img

Omskdagi yong‘inda jarohatlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi

Ulardan biri sun’iy nafas olish apparatiga ulangan, ikkinchisi ham reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

custom img

Muddatli to‘lov xizmatlari operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Banklar va mikromoliya tashkilotlaridan tashqari, muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator deb e’tirof etiladi.

custom img

Slovakiya, Germaniya va Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Ulardan biri 85 mln so‘m, boshqalari esa 4 ming va 5 900 AQSH dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

custom img

DXX kubogining Respublika bosqichiga qur’a tashlandi

Bahslar 17–22-avgust kunlari “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida o‘tkaziladi.

custom img

Toshkentda ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi

Yong‘in soat 22:43 da qurshab olingan, hozirda uni to‘liq bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

custom img

Jizzax tibbiyotida 180 kunlik tajriba: yangi tibbiy tizimdan nimalar kutilyapti?

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini 180 kun ichida yuqori texnologiyali hududiy referens markazga aylantirishga qaratilgan «Jizzax-180» dasturi ishga tushirildi.

custom img

"O‘zbekgidroenergo" tizimidagi 8 ta obyektga yangi JAC avtomobillari topshirildi

Yangi transport vositalari tog‘li va murakkab hududlarda xizmat ko‘rsatish ishlarini tezkor tashkil etishga xizmat qilishi bildirildi.

custom img

Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi va uning 6 farzandi vatanga qaytarildi

Fuqaroning hujjatlari yo'qligi sababli u va farzandlari vaqtincha saqlash muassasalarida bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"