Jahon

Britaniya armiyasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga kiberhujum qilindi

Unda kriptovalyuta reklamalari joylashtirib qo‘yilgan.

Britaniya armiyasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga kiberhujum qilindi

 

Britaniya armiyasining Twitter va YouTube akkauntlari xakerlar hujumiga uchradi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

 

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, YouTube kanaliga Ark Investment Management LLC korxonasi tomonidan tashkillashtirilgan bitkoinga oid reklama roligi joylashtirilgan. Twitter‘da esa NFT-tokenlar reklamasi paydo bo‘lgan.

 

Keyinchalik qurolli kuchlar foydalanuvchilardan uzr so‘rab chiqdi va hodisa bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlanganini maʼlum qildi.

 

Avvalroq Xitoyda virusli dastur aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"