Eron sentyabrda SHHTga qabul qilinadi
Vladimir Norov bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Bu yil Eronga SHHTda kuzatuvchi maqomi beriladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar v.b. Vladimir Norov maʼlum qildi.
“Bu yil O‘zbekistonning SHHTga raisligi doirasida Eron kuzatuvchi davlat maqomida tashkilotga qabul qilinadi. Samarqandda shuningdek, Eronning SHHTdagi majburiyatlari yuzasidan memorandum imzolanadi”, – degan u Moskvadagi tashrifi davomida tashkil etilgan davra suhbatida.
Norov Moskvada tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Avvalroq O‘zbekiston SHHT davlatlarini “yashil energetika” masalasida birga harakat qilishga chaqirgandi.







