Siyosat

Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonga keladi

Tashrif sanasi maʼlum bo‘ldi.

Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonga keladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov 14-15 iyul kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

 

Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

 

Asosiy yo‘nalishlardagi amaliy aloqalarning, shu jumladan o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish, transport-tranzit salohiyatini samarali ishga solish, suv xo‘jaligi sohasida muhim loyihalarni amalga oshirish, hududlararo muloqotni faollashtirish hamda madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini davom ettirish istiqbollari diqqat markazida bo‘ladi.

 

Davlat rahbarlari xalqaro ahamiyatga molik masalalar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.

 

Sammit yakunida Qo‘shma bayonot va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

 

Oliy martabali mehmon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uchrashuv o‘tkazishi va Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.

 

Ushbu tashrifga tayyorgarlik doirasida 1-2 iyul kunlari Toshhovuz shahrida Suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyaning tadbirlari muvaffaqiyatli o‘tdi.

 

12 iyul kuni poytaxtimizda ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish va strategik sheriklik salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga bag‘ishlangan O‘zbekiston-Turkmaniston ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

 

Tashrif arafasida Buxoro shahrida birinchi Hududlar forumi, Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi hamda O‘zbekiston va Turkmanistonning yetakchi korxonalari ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"