Siyosat

O‘zbekiston–Turkmaniston o‘rtasida Amudaryo bo‘yicha bitim tuzildi

Serdar Berdimuhamedovning mamlakatga tashrifi doirasida jami 19 ta hujjat imzolandi.

O‘zbekiston–Turkmaniston o‘rtasida Amudaryo bo‘yicha bitim tuzildi

 

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov “Ko‘ksaroy” qarorgohida tor doiradagi uchrashuv o‘tkazgani xabar qilingandi. Shundan so‘ng ularning muzokaralari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi. Muzokaralar yakunida hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.


Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov Qo‘shma bayonot imzoladilar. Unda erishilgan asosiy kelishuvlar mustahkamlab qo‘yilgan hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli hamkorlik va strategik sheriklikni yanada kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha uzoq muddatli vazifalar belgilangan.


Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari tomonidan bitimlar imzolandi. Jami 19 ta hujjatga imzo chekildi.

Ular: 
- Transport-tranzit sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim;
- Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Amudaryo suv resurslarini boshqarish, muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risida bitim;
- Tashabbusli ilmiy-tadqiqot loyihalarining qo‘shma tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida bitim;
- 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturi;
- 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida dastur;
- 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi;
- O‘zbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasi – Savdo markazini tashkil etish va faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitim qoidalarining amaliy ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi.


Shuningdek, kimyo tarmog‘i, bojxona, temir yo‘llar, muzeylar, adliya, yoshlarga doir siyosat, teleradioeshittirish va boshqa sohalardagi hamkorlik yuzasidan qator hujjatlar imzolandi.

 

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"