Siyosat

Shavkat Mirziyoyev: "Biz uchun Turkmaniston – mintaqadagi ishonchli va muhim hamkor"

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov “Ko‘ksaroy” qarorgohida tor doiradagi uchrashuv o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev: "Biz uchun Turkmaniston – mintaqadagi ishonchli va muhim hamkor"

 

Davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, ushbu uchrashuv O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlari tarixida yangi sahifa ochishiga ishonch bildirdi. 

 

– Ular zamirida azaldan mustahkam do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash rishtalari yotadi, - dedi O‘zbekiston Prezidenti.

 

O‘zbekiston yetakchisi Turkmaniston Prezidentini joriy yil mart oyida o‘tgan Prezident saylovidagi g‘alabasi bilan yana bir bor tabrikladi.

 

– Donishmand turkman xalqi mamlakatdagi keng ko‘lamli islohotlar davom ettirilishini to‘liq qo‘llab-quvvatlab, sizga o‘z kelajagini ishonib topshirdi. Sizning bilim va tajribangiz, kuch-g‘ayratingiz va yetakchilik qobiliyatlaringiz ko‘zlangan barcha rejalarni ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishiga shubha yo‘q, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

 

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi munosabatlarda yuksak darajaga erishishga va Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashga qo‘shgan beqiyos hissasini qayd etdi.

 

Davlatimiz rahbari keyingi yillarda birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli ikki tomonlama hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida ijobiy surʼatga erishilganini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

 

– Shuni qayd etmoqchimanki, biz uchun Turkmaniston – mintaqadagi ishonchli va muhim hamkor. Bizning keng ko‘lamli hamkorlikni yana-da rivojlantirish borasidagi intilishimiz qatʼiy, eng yaqin qo‘shnimiz bilan strategik sheriklik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlash niyatidamiz, – dedi Prezidentimiz.

 

Turkmaniston Prezidenti mehmondo‘stlik va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisining salomini yetkazdi.

 

- Siz Gurbanguli Myalikguliyevich bilan birgalikda ikki tomonlama munosabatlarning poydevorini qurdingiz va mustahkamladingiz, hamkorlikning puxta siyosiy va huquqiy asosini yaratdingiz. Bu galgi davlat tashrifimiz strategik sheriklikka yangi surhat bag‘ishlashga qaratilgan va men qo‘yilgan maqsadlarga erishishimizga ishonaman, - dedi Serdar Berdimuhamedov.

 

Uchrashuv chog‘ida davlat rahbarlari O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligining istiqbollarini muhokama qildilar, alohida eʼtiborni savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish, transport-tranzit imkoniyatlaridan foydalanishga qaratdilar.

 

 

Tomonlar hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ulkan salohiyat mavjudligini qayd etdilar.

 

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Markaziy Osiyoda qaror topgan ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik muhitini mustahkamlash muhim ekani taʼkidlandi.

 

Serdar Berdimuhamedov O‘zbekiston Prezidentini o‘ziga qulay vaqtda Turkmanistonga javob tashrifi bilan kelishga taklif etdi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"