Sardor Umurzakovning lavozimi ko‘tarildi
Shu munosabat bilan u avvalgi lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Sardor Uktamovich Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimidan ozod etildi.







