O'zbekiston

Xorazmda aliment to‘lamagan ota salkam bir yilga ozodlikdan mahrum qilindi

U 13,3 mln so‘m aliment pullari to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.

Xorazmda aliment to‘lamagan ota salkam bir yilga ozodlikdan mahrum qilindi

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shovot tuman sudi qarori bilan aliment to‘lamagan qarzdor X. Yu. 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Majburiy ijro byurosining rasmiy telegram kanalida xabar berildi. 

 

Qayd etilishicha, sud tomonidan qarzdor X.Yu.dan undiruvchi R. R.ning foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

 

MIB Shovot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan aliment to‘lashi yuzasidan qarzdor bir necha bor ogohlantirilgan bo‘lsa-da, aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamasdan kelganligi sababli sud tomonidan unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Shunga qaramasdan fuqaro 13 oy mobaynida 13,3 mln so‘m aliment pullari to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.

 

Shundan so‘ng qarzdorga nisbatan Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinangan.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.