O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda soliq to‘lovchilarga yengillik berildi

Favqulodda holat davrida soliq hisobotlarini taqdim etmagan shaxslarga javobgarlik belgilanmaydi.

Qoraqalpog‘istonda soliq to‘lovchilarga yengillik berildi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida favqulodda holat davrida soliq to‘lovchilar uchun yengillik berildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, joriy yilning 3-iyulidan 2-avgustiga qadar respublikada favqulodda holat joriy etilganligini inobatga olib, Davlat soliq qo‘mitasi Soliq kodeksining 213-moddasi 1-qismi 2-bandi va 215-moddasi 1-qismi 1-bandlariga asosan ushbu hududda faoliyat yuritayotgan soliq to‘lovchilarga nisbatan favqulodda holat davrida soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik holatlari bo‘yicha javobgarlik va ta’sir choralari (bankdagi hisob raqamlar bo‘yicha operasiyalarni to‘xtatish, QQS guvohnomasini amal qilishini vaqtincha to‘xtatish) qo‘llanilmaydi. 

 

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin 2022-yilning so‘nggi uch oyida 44 mingdan ziyod xo‘jalik yurituvchi subektlarga 9 trln so‘mdan ortiq soliq imtiyozlari berilgani xabar qilingandi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"