O'zbekiston

Navoiyda 97 ta tender savdolari noqonuniy o‘tkazilgani aniqlandi

Hozirda 61 ta holat yuzasidan ish qo‘zg‘atilgan.

Navoiyda 97 ta tender savdolari noqonuniy o‘tkazilgani aniqlandi

 

 

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan joriy yil birinchi yarim yillikda 43645 mln so‘mlik 191 dan ortiq tanlov (tender) savdolarida o‘rganishlar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 97 tasida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilish holatlari aniqlandi. 

 

Aniqlangan 36 ta holat bo‘yicha huquq tartibot organlariga ma’lumotnomalar kiritilgan va 61 ta holat yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, qonun buzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan.

 

Bundan tashqari, 2022-yil 7-iyunda buyurtmachi Uchquduq tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan 5-sonli MTT binosini 279,5 mln so‘mga joriy ta’mirlash bo‘yicha o‘tkazilgan elektron eng yaxshi takliflarni tanlash savdosida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasi talablari buzilgan.


Hududiy boshqarmaning joriy yil 17-iyun kungi xati bilan mazkur tanlov bekor qilinib, qayta tanlovga qo‘yilishi natijasida murojaatchi-tanlov ishtirokchisi “GARANT UCHQUDUQ” MCHJ huquqlari tiklangan.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.