O'zbekiston

“O‘zbekiston madaniy merosi — yangi Renessans poydevori”

Bugundan Samarqandda Xalqaro Kongress boshlandi.

“O‘zbekiston madaniy merosi — yangi Renessans poydevori”

 

2022 yil 22-24 iyul kunlari Samarqandda Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro Kongressi bo‘lib o‘tadi.

 

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – Markaziy Osiyo madaniyatini o‘rganuvchi xalqaro ilmiy hamjamiyatni birlashtirish, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining o‘tgan yildagi faoliyatining taqdimotini o‘tkazish, ushbu sohadagi xalqaro faoliyatning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishdan iborat. 

 

Kongress ishida dunyoga mashhur 250 dan ortiq sharqshunos olimlar, jumladan, 33 ta tashkilot direktori, 6 ta xalqaro tashkilotlar vakili, 7 ta muassasa prezidenti, 13 ta akademik, 22 ta professor, 18 ta fan doktori, 6 ta fan nomzodlari ishtirok etadi. 

 

Kongressning markaziy voqeasi sifatida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumiga oid 10 ta yangi kitob-albomning (51-60 jildlar) taqdimoti o‘tkaziladi. 

 

VI Xalqaro Kongress doirasida xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalariga “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumiga oid kitob-albomlarni olish uchun sertifikatlarni topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tadi.

 

Shuningdek, “O‘zbekiston madaniy merosi zamonaviy ilm-fan diqqat markazida” xalqaro ilmiy konferensiyasi, “Xalqlarni birlashtiruvchi meros: Markaziy Osiyo va Ozarbayjon”, “Butunjahon jamiyatining yangi yo‘nalishlari: rejalar va istiqbollar”, “Milliy muzeylar va to‘plamlar Butunjahon jamiyati diqqat markazida” kabi mavzularda davra suhbatlari bo‘lib o‘tadi.

 

Seksiya mashg‘ulotlari doirasida olimlarning sensatsion bayonotlari va ilmiy maʼruzalari kutilmoqda. 

 

Shuningdek, Kongress davomida bir qator xalqaro tashkilotlar (YUNESKO, IRCICA, ICESCO, "Al-Furqon" jamg‘armasi va boshqalar) bilan hamkorlik memorandumlari imzolanadi.

 

Samarkand Silk Road sayyohlik markazining tantanali ochilish marosimi tadbirning yorqin qismi bo‘ladi. VI Xalqaro kongress ishtirokchilari bo‘lmish sharqshunos olimlar tadbir natijalari bo‘yicha Qaror qabul qiladi va O‘zbekiston Prezidentiga Murojaatnoma tayyorlaydi. U Registon maydonida tantanali ravishda o‘qib eshittiriladi.

 

Tadbir Kongress homiysi Eriell neft-servis kompaniyasi tomonidan Butunjahon jamiyati aʼzolari sharafiga tashkil etilgan tantanali kechki ovqat bilan yakunlanadi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.