O'zbekiston

Diniy oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari sanasi ma’lum bo‘ldi

Ijodiy imtihon va test sinovlari 3—12 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Diniy oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari sanasi ma’lum bo‘ldi

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy diniy ta’lim muassasalarida 2022-2023-o‘quv yili bo‘yicha qabul imtihonlari ijodiy imtihon va test sinovi shaklida o‘tkazilishi belgilangan. Bu haqda Diniy idoraning Ta’lim va ilmiy-tadqiqodlar bo‘limi xabar berdi. 

 

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihonlari 3-avgust kuni Hadis ilmi maktabi binosi sport zalida bo‘lib o‘tadi. Hadis va mustalah al-hadis va arab tilidan ijodiy imtihonlar olinadi. 4-avgust kuni mazkur muassasaning orqa hovli qismida O‘zbekiston tarixi fanidan test o‘tkaziladi va 5-avgustda mandat e’lon qilinadi. 

 

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga kirish imtihonlari 8-avgust kuni Toshkent islom instituti binosi ayvon qismida bo‘lib o‘tadi. Unda arab tilidan ijodiy imtihon olinadi. 9-avgust kuni mazkur muassasaning hovlisida Fiqh va aqoiddan test o‘tkaziladi va 10-avgustda mandat e’lon qilinadi.

 

Mir Arab oliy madrasasiga kirish imtihonlari 11-avgust kuni Mir Arab oliy madrasasi binosi ayvon qismida bo‘lib o‘tadi. Unda arab tilidan ijodiy imtihon olinadi. 12-avgust kuni huddi shu joyda Fiqh va aqoiddan hamda O‘zbekiston tarixi fanidan test o‘tkaziladi. Mandat natijalari 13-avgustda e’lon qilinadi. 

 

Eslatib o‘tamiz, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi va Hadis ilmi maktabiga o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarini tamomlagan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilingan.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari kirish test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.  2022-2023-o‘quv yili uchun test sinovlari kunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"