Jahon

AQSH Kobulda “Al-Qoida” yetakchisini yo‘q qildi

Entoni Blinken toliblarni Doha kelishuvini buzishda ayblagan.

AQSH Kobulda “Al-Qoida” yetakchisini yo‘q qildi

 

31-iyul kuni “Al-Qoida” xalqaro terrorchilik tashkiloti yetakchisi Kobulda o‘ldirildi. U AQSHning maxsus amaliyoti paytida yo‘q qilingan.

 

Ayman az-Zavoxiriy 2011 yil Usoma bin Lodin o‘limidan so‘ng xalqaro terrorchi guruh rahbari hisoblanib kelgan. Oq uy uni uchuvchisiz qurilma yordamida o‘ldirilganini aytmoqda.

 

Jozef Bayden hodisa bo‘yicha bayonotida amaliyotning har tomonlama muvaffaqiyatli o‘tganini taʼkidlagan. Shuningdek, AQSh prezidenti Afg‘onistonni terror o‘chog‘iga aylanmasligi uchun barcha narsani amalga oshirishga vaʼda bergan.

 

Davlat kotibi Entoni Blinken "Tolibon" harakatini Doha kelishuvlarini bajarmaslikda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar Afg‘onistonga xalqaro terrorchilarni kiritmaslik va ularni asramaslik majburiyatini olgan.

 

Avvalroq Afg‘onistonda ISHID jangarilari soni uch barobar ko‘paygani to‘g‘risida xabar berilgandi

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

custom img

Eron “Makka kelishuvi”ga qo‘shilish taklifini oldi

Tehron mintaqada umumiy “xavfsizlik soyaboni” yaratilishini ijobiy baholamoqda.

custom img

"Erkaklarning bir-birini quchoqlab, o‘pishi to‘g‘ri ish emas" — Toqayev

Qozog‘iston Prezidenti erkaklar, xususan, harbiylar o‘rtasida quchoqlashish odatini tanqid qildi.

custom img

Omskda qurilishdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hodisa oqibatida jami to‘rt kishi, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"