O'zbekiston

Senat baʼzi qonunlarni rad etmoqda

Ayni paytda Oliy Majlis Senatining 29-yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Senat baʼzi qonunlarni rad etmoqda

 

Yalpi majlisda ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan qonunlarning ayrimlari  senatorlar tomonidan maʼqullanib, baʼzilari rad etilmoqda. Unga ko‘ra, “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi Qonun maʼqullandi.

 

 “Qonun haqiqatdan ham mamlakatimiz rivojining bugungi bosqichida nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Ko‘zlangan maqsadlarga erishishda ichki imkoniyatlar bilan bir qatorda tashqaridan ham moliyaviy resurslarni jalb qilish butun dunyo davlatlarida keng tarqalgan tajriba hisoblanadi. Yuqorida Prezidentimizning so‘zlari keltirildi – “tashqi qarz hammaga ham berilavermaydi, buning uchun mamlakatning tashqi dunyodagi nufuzi va unga nisbatan ishonch bo‘lishi kerak”.

O‘zbekiston xalqaro hamjamiyat ko‘z o‘ngida islohotlarga intiluvchi davlat, ishonchli hamkor sifatida namoyon bo‘lmoqda. Biroq, shunday bo‘lsada, har sohada aniq hisob-kitob va tabiiyki mustahkam huquqiy asos bo‘lishi kerak. Shu maʼnoda, “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi Qonun ushbu yo‘nalishdagi ishlarimizning to‘g‘ri, haqqoniy, manfaatli va albatta ochiq, shaffof bo‘lishiga xizmat qiladi. Qonunda davlat qarzini boshqarish bo‘yicha parlament vakolatlari ham belgilanyapti.

Qonun qabul qilinganidan keyin uning ijrosi bilan bog‘liq tadbirlarni monitoring qilib borishishimiz kerak”, – deydi Senat raisi.

 

Xususan, yalpi majlisda    “O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunlar rad etildi. 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"