O'zbekiston

O‘zbekistonda suv sarfi limitdan oshib ketdi

Bu bo‘yicha vazirlik raqamlarni ochiqladi.

O‘zbekistonda suv sarfi limitdan oshib ketdi

 

O‘zbekistonda yil boshida rejalashtirilgan limitdan 116 foiz ko‘p suv ishlatildi. Bu haqda Suv xo‘jalik vazirligi matbuot kotibi rahbari Shuhrat Suyunov AOKAda o‘tkazilgan brifingdagi hisobotida ma’lum qildi.

 

Joriy yilda kuzatilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “2022 yilda kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarini suv bilan ishonchli ta’minlashga qaratilgan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 10 maydagi 243-son qarori qabul qilingan.

 

Ushbu qarorga muvofiq, Suv xo‘jaligi vazirligi yirik suv taqsimlash inshootlari hamda hududlarda 769 ta sug‘orish shtabi tashkil etilgan. 1469 ta ko‘chma dizel va boshqa turdagi nasos agregatlari qo‘shimcha suv olish uchun kollektor-drenaj tarmoqlariga o‘rnatilib, foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. 

 

Tahlillarga ko‘ra, respublikadagi qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini sug‘orish uchun 2022 yilning 1 aprelidan 10 avgustigacha 21 mlrd 419 mln metr kub suv olish limiti ajratilgan bo‘lib, amalda 22 mlrd 269 mln metr kub (104 foiz) suv olingan.


Respublika bo‘yicha kunlik sug‘orish ishlariga 2146 m3/sek suv olish limiti ajratilgan, amalda esa 2486 m3/sek (limitga nisbatan 116 foiz) suv yetkazib berilmoqda.


Bugungi kunda respublika suv omborlarida jami 9,6 mlrd m3 yoki o‘tgan yilga nisbatan 1,5 mlrd m3 ko‘p suv zaxirasi mavjud.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.