Siyosat

Shavkat Mirziyoyev shu hafta Saudiya Arabistoniga boradi

Bu oxirgi 30 yil ichida davlat rahbarining ushbu mamlakatga ilk tashrifi bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev shu hafta Saudiya Arabistoniga boradi

 

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda xabar berdi, deya qayd etmoqda jurnalist Aziza Qurbonova.

 

17-18 avgust kunlari Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonida bo‘ladi. Bu oxirgi 30 yil ichida davlat rahbarining ushbu mamlakatga ilk tashrifi.

 

Shuningdek, hafta davomida Prezident huzurida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqoti 22-avgust kuni o‘tkaziladi.

 

O‘tgan yili davlat rahbarining biznes ahli bilan ilk ochiq muloqoti o‘tkazilib, 20 avgust yurtimizda Tadbirkorlar kuni deb belgilangandi.

 

Joriy yilda ham davlatimiz rahbari tadbirkorlar bilan uchrashib, sohadagi muammo va vazifalarni tahlil qiladi, biznes vakillarining taklif va tashabbuslari bilan tanishib, yangi yechimlarni ko‘rsatadi, tadbirkorlik rivojiga xizmat qiladigan qarorlarni qabul qiladi.

 

Sherzod Asadovning maʼlum qilishicha, bu yilgi tadbirni 22 avgust kuni o‘tkazish mo‘ljallangan. Maʼlumot uchun, bo‘lajak uchrashuvga tadbirkorlardan respublika shtabiga qariyb 8,5 mingta murojaat kelib tushgan, ularning 72 foizi hal etilgan.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"