Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning Saudiyaga tashrifi dasturi maʼlum qilindi

Jidda shahrida Oʻzbekiston-Saudiya sammitining asosiy tadbirlari boʻlib oʻtadi.

Shavkat Mirziyoyevning Saudiyaga tashrifi dasturi maʼlum qilindi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 17-18-avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Tashrif dasturiga muvofiq, Jidda shahrida oliy darajadagi Oʻzbekiston-Saudiya sammitining asosiy tadbirlari boʻlib oʻtadi. 

 

Muzokaralar kun tartibidan mamlakatlar oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, energetika, moliya sohalarida va madaniy-gumanitar yoʻnalishda yanada kengaytirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.

 

Alohida eʼtibor “yashil” iqtisodiyot, yuqori texnologiyalar va raqamlashtirish, tibbiyot, kichik biznes va tadbirkorlik sohalarida qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirishga qaratiladi.

 

Sammit yakunida ikki tomonlama bitimlarning salmoqli toʻplamini imzolash rejalashtirilgan.

 

Tashrif dasturida Saudiyaning yetakchi kompaniyalari, nufuzli xalqaro tuzilmalar – Islom hamkorlik tashkiloti va Islom taraqqiyot banki rahbariyati bilan uchrashuvlar ham koʻzda tutilgan.

 

Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi chogʻida davlat rahbari barcha musulmonlar uchun muqaddas Makka va Madina shaharlarini ziyorat qilishi kutilmoqda.

 

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"