O'zbekiston

“Imom Buxoriy” ordeni taʼsis etiladi

Xususan, “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonunga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

“Imom Buxoriy” ordeni taʼsis etiladi

 

Toshkentda Oliy Majlis Senatining o‘ttiz birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Senat aʼzolari, tegishli idora va tashkilotlarning vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi. Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

 

Senatorlar tomonidan “Imom Buxoriy” ordenini taʼsis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.Mazkur ordenni taʼsis etish to‘g‘risidagi Qonun bilan “Imom Buxoriy” ordenining nizomi va uning tavsifi tasdiqlanmoqda. Shuningdek, “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonunga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

 

“Imom Buxoriy” ordeni ikki darajadan iborat bo‘ladi: “Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni hamda “Imom Buxoriy” ordeni. “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni “Imom Buxoriy” ordenidan yuqori darajada hisoblanadi.“Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan ilm-fan va madaniyat, jumladan, islom maʼrifati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti hamda ilmiy merosini o‘rganish va xalqaro maydonda keng targ‘ib qilishda katta yutuqlarga erishganligi uchun:

 

–     xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari;

–     xorijiy mamlakatlar parlamentlari vakillari;

–  xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillari, shuningdek xorijiy arboblar va olimlar;

–     mamlakatimizning atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, atoqli olimlar, adiblar, pedagoglar va ilmiy tadqiqotchilar mukofotlanadi.

 

“Imom Buxoriy” ordeni bilan:

 

–     ulug‘ allomalarimiz ilmiy merosini chuqur o‘rganib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ajdodlar merosiga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari;

– yuksak insoniy g‘oyalar va muqaddas qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan tarixiy merosimizni tizimli asosda tadqiq etish, ulardan diniy taʼlim, maʼnaviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanish maqsadida zarur darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlashdagi samarali mehnati;

– mamlakatimizdagi diniy-ijtimoiy jarayonlar hamda diniy bag‘rikenglikni taʼminlash masalalarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini o‘tkazishdagi faoliyati;

–   «Jaholatga qarshi maʼrifat» g‘oyasi asosida islom diniga nisbatan sodir etilayotgan g‘arazli tahdid va harakatlarning oldini olish, bunday xatarlarga qarshi kurashishning ilmiy-maʼrifiy asoslarini ishlab chiqish hamda amaliyotda qo‘llash borasidagi xizmatlari;

–  islom sivilizatsiyasining umuminsoniy qadriyatlarini, jumladan, xalqimiz maʼnaviyati va madaniyati rivojida tutgan o‘rni hamda ahamiyatini o‘rganib, ularning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etishdagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadi.

–   “Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni va “Imom Buxoriy” ordeni bilan boshqa shaxslar ham ilm-maʼrifatni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanishi mumkin.

–  “Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti, “Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar esa bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti beriladi.

 

Senatorlar ushbu ordenni taʼsis etish to‘g‘risidagi Qonunni maʼqulladi.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"