O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Payg‘ambar qabrini ziyorat qildi — foto

Prezident Hujrayi saodatga tavoze bilan kirib, Muhammad alayhissalomga salavot va salomlar aytdi.

Shavkat Mirziyoyev Payg‘ambar qabrini ziyorat qildi — foto

 

Bugun, 17-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Madinada bo‘lib, Masjidun Nabaviyni ziyorat qildi.

 

Ma’lumki, Madina islom tarixidagi eng muhim shaharlardan biri. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) 622 yilda bu yerga ko‘chib kelganlar. Qur’oni karimning eng katta suralari shu yerda nozil bo‘lgan.

 

Masjidun Nabaviy payg‘ambarimizning uyi atrofida qurilgan ulkan masjiddir. Bu yerda Rasulullohning hamda buyuk sahobalar – Abu Bakr Siddiq va Umar ibn Xattobning qabrlari bor. Yuksak hurmat yuzasidan bu joy “Hujrai saodat” deb ataladi.

 

Shavkat Mirziyoyev ushbu masjidga kelib, Hujrai saodatga tavoze bilan kirdi, Muhammad alayhissalomga salavot va salomlar aytdi. Xalqimizga tinchlik va farovonlik tilab, duo qilindi.

 

 

Davlat rahbari Payg‘ambarimiz alayhissalomning siyratlari va islom sivilizasiyasi muzeyi bilan ham tanishdi.

 

Muzey keng qamrovli ikkita mavzuni o‘zida aks ettirgan. Birinchisi,  Muhammad alayhissalomning hayot va faoliyatlari, ikkinchisi, islom madaniyati va ilm-fanining shakllanishi, uning ijtimoiy-ma’naviy hayotga ta’siri. Bular haqda ko‘rgazmali eksponatlar va vizual texnologiyalar vositasida, bir necha xorijiy tillarda ma’lumot beriladi.

 

Prezident muzeyni ko‘zdan kechirish asnosida saudiyalik olimlar bilan dinimiz tarixi, o‘zbek va arab xalqlarini bog‘lovchi rishtalar haqida fikr almashdi.

 

Doktor shayx Nosir Zahroniy muzeydagi ma’lumotlar buyuk bobolarimiz Imom Buxoriy va Imom Termiziy asarlaridan olinganini aytdi. Shavkat Mirziyoyev yurtimizda bu ulug‘ allomalar nomi bilan ilmiy markazlar tashkil qilingani, islom madaniyati obidalari asrab-avaylanayotganini ta’kidlab, olimlarni O‘zbekistonga taklif qildi.

 

Davlat rahbari Madinani ziyorat qilib yurgan vatandoshlarimiz bilan ham suhbatlashdi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"