Siyosat

Prezident Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi bilan uchrashdi

Uchrashuvda Husayn Ibrohim Toha Shavkat Mirziyoyevni Xiva shahri 2024 yilda “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb e’lon qilingani bilan tabrikladi.

Prezident Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi bilan uchrashdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, Saudiya Arabistoniga davlat tashrifining ikkinchi kunida Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha bilan uchrashdi.

 

Bugungi kunda Islom hamkorlik tashkiloti 1 mlrd 700 mln aholi yashaydigan 57 ta davlatni birlashtirgan dunyodagi eng yirik xalqaro tuzilmalardan biridir. O‘zbekiston IHTga 1996-yilda a’zo bo‘lganidan buyon tashkilot bilan savdo-iqtisodiy, ilmiy, madaniy hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda.

 

Uchrashuvda ushbu nufuzli xalqaro tuzilma hozirgi zamon xatarlari sharoitida islom qadriyatlarini asrab-avaylash, musulmon xalqlari o‘rtasida hamjihatlik va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutayotgani qayd etildi.

 

O‘zbekiston bilan OIS o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi darajasi, ularni barcha dolzarb yo‘nalishlarda yanada kengaytirish istiqbollari yuksak baholandi.

 

Husayn Ibrohim Toha O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkilotida alohida o‘rin tutishi, mamlakatimiz ilgari surayotgan loyiha va dasturlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi. IHT mamlakatlari turizm vazirlari tomonidan Xiva shahri 2024 yilda “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb e’lon qilingani bilan tabrikladi.

 

O‘zbekiston bundan buyon ham ta’lim, fan, innovasiyalar sohalarida, iqlim o‘zgarishi masalalarida IHT bilan hamkorlik qilishga alohida e’tibor qaratishi ta’kidlandi.

 

Oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning jamiyat hayoti va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish kabi muhim ijtimoiy yo‘nalishlarda, shu jumladan IHTga a’zo mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashishga kelishib olindi.

 

O‘zbekistonning fan va ta’lim sohalaridagi boy salohiyati qayd etilar ekan, IHT mamlakatimiz bilan tashkilotga a’zo rivojlanayotgan davlatlarda yoshlarni o‘qitish va malakasini oshirish borasida hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.

 

“O‘zbekiston – buyuk mutafakkirlar va olimlar yurti, tashkilotimiz bu sohalarda respublikangiz bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor”,  - dedi bosh kotib.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"