Toshkentda tunda ham yong‘in bo‘ldi
Yashnobod tumanida atir-upa savdo do‘koni va va unga tutash bo‘lgan 2 ta MCHJ yonib zararlangan.

FVVning maʼlum qilishicha, yong‘in 18-avgust kuni soat 1:57 da Toshkent shahar Yashnobod tumani “Vatandosh” MFY Tuzel 2-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uyning 1-qavatida atir-upa savdo do‘konida sodir bo‘lgan. Do‘konning 35 kv.m va uniga tutash bo‘lgan 2 ta MCHJning 15 kv.m maydonda ofis uchun mo‘ljallangan xona jihozlari yonib zararlangan.
Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb etilgan. Ekipajlar hodisa joyiga soat 01:59 da yetib borgan va yong‘in soat 02:10 da o‘chirilgan.
Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida savdo do‘konining 60 kv.m. maydoni, MCHJlarning 90 kv.m. maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







