O'zbekiston

Uzoq kutilgan “Baron—2” premyera qilindi

Film o‘ta yuqori 4K rezolyutsiyada suratga olingan. Shuningdek, unda 5 ta davlatdan eng taniqli aktyorlarni to‘plagan.

Uzoq kutilgan “Baron—2” premyera qilindi

 

Bugun, 18-avgust kuni “Kinochilar uyi”da “Baron–2:Sog‘inch” filmiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

 

Unda Kinematografiya agentligi rahbariyati, filmning prodyuseri va suratga olish guruhi qatnashib, film yaratilishi haqida ma’lumotlar berdi.

 

Suratga olish ishlari O‘zbekiston, Rossiya va Turkiyada olib borilgan. O‘zbekiston kino amaliyotida birinchi marta lenta raqamli va uy kinoteatrlari uchun yuqori aniqlikdagi tasvirlarni taqdim etuvchi o‘ta yuqori 4K rezolyutsiyada ishlangan. U o‘zbek razvedkachisi misolida maxsus xizmatlar vakillari missiyasining murakkabligi haqida hikoya qiladi. 

 

“Bu film juda-juda uzoq kutilgan. Uni yaratish yo‘lida rejissyor Rustam Sagdiyev ba’zi qiyinchiliklarga duch keldi, shu sababli biz ikkinchi prodyuser izlashga majbur bo‘ldik. Biz Ivan Arxipov va uning “Inferno” prodyuserlik markazidan juda minnatdormiz, ular yuqori ishtiyoq bilan loyihani ishlab chiqarish va sarmoya kiritishda hamkorlik qildilar. Yangi g‘oyalar paydo bo‘ldi, skript sezilarli darajada kengaydi. Yana bir ijobiy tomoni shundaki, film 5 ta davlatdan eng taniqli aktyorlarni to‘plagan. “Baron-2” 18-avgust kuni Rossiya kinoteatrlarida namoyish etiladi. Bu esa Yangi O‘zbekiston kinosi tarixida ilk bor mahalliy kinoloyiha xorijiy prokatdan tushgan foydadan o‘z ulushini olishi mumkinligini anglatadi”, — deya izoh berdi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov. 

 

“Ushbu film global yovuzlik – terrorizmga qarshi kurashning o‘ta muhim mavzusiga bag‘ishlangan. Film ko‘pchilikning ko‘zini ochishiga va balki kimningdir hayotini saqlab qolishiga ishonaman”, - deydi prodyuser Ivan Arxipov. 

 

Rustam Sagdiyevning ma’lum qilishicha, “Baron–2” kinofilmi ko-produksiya formatida yaratilgan bo‘lib, bu Kinematografiya agentligi rahbariyati tomonidan juda muhim qadamdir. Rossiyalik hamkorlar bilan imzolangan shartnomaga ko‘ra, kartina ikkita maqomga ega bo‘ladi - to‘liq metrajli film va serial maqomi. 

 

Matbuot anjumanidan so‘ng barcha yig‘ilganlar “Baron–2:Sog‘inch”ning yopiq premyerasini tomosha qilishgan. 

 

Eslatib o‘tamiz, “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida film katta ekranlarda namoyish etiladi.

 

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"