Armanistonda granata bilan qurollangan shaxs hokimiyat binosini egallab oldi
U politsiya bilan muzokara chog‘ida halok bo‘lgan.

Yerevandan 15 kilometr uzoqlikdagi Masis shahri meriyasi binosiga granata bilan qurollangan shaxs bostirib kirdi. Erkak to‘pponchadan bir necha marta o‘q uzgan, keyin guvohlar portlash ovozini eshitishgan.
Hozirda bino politsiya tomonidan o‘rab olingan. Hujumchi politsiya bilan olib borilayotgan muzokara chog‘ida halok bo‘ldi.
Masis shahri vitse-meri OAVga bergan intervyusida erkak mast holatda binoga bostirib kirganini aytdi. Jinoyatchi 40 yoshli Eduard Margaryan ismli erkak bo‘lib, u ilgari Masis oqsoqollar kengashi aʼzosi bo‘lgan.







