O'zbekiston

Qarovsiz qolgan daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi

Zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish tadbirlariga mahalliy byudjetlar qo‘shimcha manbalarining 2 foizigacha mablag‘ ajratiladi.

Qarovsiz qolgan daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi

 

Daraxt va butalarni kompensatsiya tarzida ekish daraxtlarni kesish uchun ruxsatnoma berish uchun yig‘imni yoki ularni noqonuniy kesganlik uchun jarimalarni to‘lashdan ozod qilmaydi.

 

Kompensatsiyaviy ekish joylari “Yashil bog‘lar” va “Yashil jamoat parklari”, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish uchun mo‘ljallangan boshqa hududlardan tanlanadi.

 

Joriy yilning 31 dekabrigacha qarovsiz qolgan daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi va yaqin hududdagi mulkdorlarga biriktiriladi.

 

Hokimliklar tomonidan 1 sentyabrgacha kuzgi va 1 fevralgacha bahorgi ko‘chat ekish hajmlari bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlanadi.

 

Daraxt va butalarning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish tadbirlariga mahalliy byudjetlar qo‘shimcha manbalarining 2 foizigacha mablag‘ ajratiladi.

 

Qaror bilan Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomda daraxtlar va butalarni ekish uchun joylar tanlash, ularni ekish, sug‘orish, oziqlantirish va butalash tartibi belgilangan.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.